Abituriyentga eslatma!

Abiturientlar 5 ta OTMga hujjatlarni soddalashtirilgan tartibda topshirishlari mumkin

Joriy yilning 15-iyunidan 15-iyuligacha abiturientlar quyidagi OTMlarga doimiy ro’yxatda turgan joyidan qat’i nazar Davlat xizmatlari markazlari (DXM) orqali soddalashtirilgan tartibda hujjat topshirishlari mumkin:

1. Toshkent davlat yuridik universiteti;
2. Qoraqalpoq davlat universiteti;
3. Guliston davlat universiteti;
4. Farg’ona davlat universiteti;
5. Samarqand davlat universiteti.

DXMlar orqali hujjat topshirishda faqatgina 2 ta hujjat so’raladi:

- fuqarolik pasporti (pasport yoshiga etmaganlar uchun tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma);
- umumiy o’rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan).

Imtiyozga ega bo’lgan abiturientlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim.

Abiturientlar Davlat xizmatlari markazlari orqali hujjat topshirganda so’rovnoma to’ldiradi.

Davlat xizmatini ko’rsatish uchun joriy yil bitiruvchilaridan va nogiron yoki to’liq davlat ta’minotidagi shaxslardan to’lov undirilmaydi.

Test sinovlari o’tkazilayotgan yildan avvalgi yillarda ta’lim muassasasini tugatgan abiturientlardan EKIHning 50 foizi (101365 so’m) miqdorida to’lov undiriladi.

Respublikadagi boshqa OTMlarga hujjatlar qabul komissiyalari tomonidan qabul qilinadi.

Sirtqi ta’limga hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari 16 avgustdan 25 avgustgacha kamida 3 ta fandan o’tkaziladi.

Yozma imtihonlar shifrlangan holda tekshiriladi.

Imtihonlar bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga muvofiq keluvchi 3 ta fandan to’planishi kerak bo’lgan maksimal 189,0 balldan, har bir fanning o’rniga qarab uning uchun ajratilgan eng ko’p ballning 0 dan 100 foizgacha bo’lgan oraliqda baholanadi.

Natijalar imtihondan keyin 1-3 kunda ta’lim muassasasining rasmiy saytida e’lon qilinadi.

O’qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo’yicha ariza topshirish har yili 15 yanvardan 25 yanvargacha davom etadi. Ilgari 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar edi

3466 | 2017-11-14 08:20
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish