Akademik litsey
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Axborot resurs markazi
Zamonaviy talabalarni hisobga olgan holda kutubxona tarmogini tashkil qilishni takomillashtirish, o’sib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga madaniy, ma’naviy – axloqiy kadriyatlarni saqlab qolishga yo’naltirilgan printsipal Yangi axborot markazlarini barpo etish, shuningdek aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash, zarur shart – sharoitlar yaratish maqsadida 2006 yil 20 iyundagi PK–381–sonli qarorga asosan bizning akademik litseyimizda ham Axborot Resurs Markazi ochildi. ARMning asosiy vazifasi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalananuvchilarning muntazam ta’lim olishiga va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko’maklashish. Kutubxona – axborot madaniyatini tar…
4769 | 2018-02-13 09:39 | Batafsil
Akademik litseyi haqida
Guliston akademik litseyi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining 1998 yil 16 iyuldagi 77-sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan va unga Guliston akademik litseyi nomi berilgan. Loyiha quvvati 825 o’rinli, Umumiy er maydoni 8,0 Ga, binolar joylashgan maydon 8291,53 m.kv., asfalt va qoplam qilingan maydon 9248 m.kv., ko’kalamzor maydonlar 87182 m.kv., umumiy ichki maydon 63078,71 m.kv., sinf xonalar maydoni 2075,38 m.kv. ni tashkil etadi. Akademik litseyda 100 nafar malakali o’qituvchi xodimlar ishlab kelmoqda. Asosiy shtatda 95 nafar, 18 nafar o’rindosh, ularni asosan Guliston davlat universitetining malakali professor-o’qituvchilari tashkil qiladi. Akade…
6455 | 2018-02-13 09:34 | Batafsil
Yonalishlar
Guliston Akademik litseyi 1999 yilda tashkil etilgan. Akademik litseyda zamon talabiga javob bera oladigan 42 ta o’quv xonalari bo’lib, shulardan 3 ta kompyuter sinf xonasi, 3 ta lingafon xonasi, fizika, biologiya, anatomiya va kimyo laboratoriyalari mavjud. Akademik litseyda talabalarning nutqiy salohiyatini oshirish maqsadida ichki teleradiostudiya ish olib bormoqdi.  • Binoda zamon talablariga mos keladigan 600 m2 sport zali, tashqi hovlida futbol, basketbol, voleybol maydonlari hamda 2 ta tennis korti o’quvchilar ixtiyorida. • 300 o’rinli majlislar zali va 60 o’ringa mo’ljallangan kichik majlislar zali mavjud. • Akademik litsey binosining ichki kismida 240 o’rinli oshxona o’quvchilarga xizmat kilmoqda. • Barch…
5095 | 2018-02-13 09:27 | Batafsil
Akademik litseyi rahbariyati
Direktor: Inoyatov Odil Sobitovich Ma’lumoti: Oliy Tel: +998672-226-57-90 Faks: (0367)226-58-13   O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Abdullaye Baxtiyor Ma’lumoti: Oliy Tel: +99897-277-21-78 Faks: (0367)226-58-13   Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Toshmatov Abdujabbor Ma’lumoti: Oliy tel: +99895-511-00-81 Faks: (0367)226-58-13   Xo’jalik ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Toshmatov Abdujabbor Ma’lumoti: Oliy tel: +99891-504-20-62 Faks: (0367)226-58-13  
5783 | 2018-02-13 09:22 | Batafsil
Abiturentlarga
Akademik litseyga kiruvchilar quyidagi hujjatlarni topshiradilar: • Akademik litsey rahbari nomiga ariza. • O’quvchilarning tug’ilganligi haqida guvohnomasidan ko’chirma (guvohnomaning asl nusxasi hujjatlar qabul qilinayotganda shaxsan ko’rsatiladi). • U-086 shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma. • O’quvchining doimiy yashash joyidan berilgan ma’lumotnoma. • O’quvchining 4x6 o’lchamli 6 dona rangli fotosurati. • 9 – sinfni bitirganligi haqida shahodatnomaning asl nusxasi. • O’quvchilarning kasb–hunarga yo’naltirish va pedagogik psixologik tashxis markazining tavsiyanomasi. Guliston Akademik litseyiga 2017-2018 o’quv yili uchun 9-sinf bitiruvchilar qabuli to’g’…
4661 | 2018-02-13 09:04 | Batafsil
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
DOKTORLIK DIPLOMI TOPShIRILDI

Guliston davlat universiteti kichik faollar zalida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Navbahor” qishlog’ida tug’ilgan Kamola Abrorxonovaga doktorlik diplomi topshirishga bag’ishlangan tantana bo’lib o’tdi. Tantanani Guliston davlat universiteti professori R.Mahmudov kirish so’zi bilan ochdi va boshqarib bordi. Kamola Abrorxonova Guliston shahridagi 2-pedagogika kollejida o’qigan Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi bo’yicha magistraturada va doktaranturada ta’lim olgan. 2020-yil 1-may erta tongda Sardoba suv ombori o’pirilishi natijasida yuzaga kelgan talofatda Kamola Abrorxonova oilasi ham katta talofat ko’rgan. Sardoba suv ombori talofatlarini bartaraf etish uchun muhtaram Prezidentimiz to’rt marta Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdilar.

2020 yil 15 may kuni Mirzaobod tumanida Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoevning jabrlangan aholi bilan bo’lgan suhbatida Kamola Abrorxonova
ham o’z fikr mulohazalari bilan qatnashdi.

3-bosqich
doktoranti Kamola Abrorxonova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini innovatsion yondashuv
asosida milliy ruhda tarbiyalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi
ilmiy tadqiqotini yakunlaganligini aytib o’tdi.

Diplom
topshirish marosimida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori
Alisher Umarov, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Oliy Attestatsiya
komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov, Guliston davlat universiteti rektori Muxsin
Xodjiev, Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti prorektori, ilmiy rahbari, pedagogika
fanlar doktori, professor Barno Abdullaeva, Sirdaryo viloyati hokimi o’rinbosari
Otabek Nosirov, biologiya fanlori doktori, professor Hazratqul Qarshiboev, O’zbekiston
jaxon tillari universiteti o’qituvchisi Ilyos Quvondiqovlar so’zga chiqdilar.

Oliy
Attestatsiya komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov doktorant Kamola Abrorxonovaga tantanali
ravishda fan doktorligi diplomini topshirdi. Tantana so’ngida so’zga chiqqan Kamola
Abrorxonova ilm fan rivojiga, yoshlarga katta g’amxo’rlik ko’rsatayotgan muhtaram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga, ilmiy rahbariga, Mirzaobod tumanidagi 17-maktab,
Guliston shahridagi 2-pedagogika kolleji jamoalariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Yigirma
sakkiz yoshli yangi fan doktoriga viloyat hokimligining qimmatbaho sovg’alari va
gullar taqdim qilindi. 

R.Mahmudov

Matbuot kotibi

571 | 2020-05-19 12:56
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->