Devonxona va arxiv bo値imi
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obro痴i防ar bir professor撲智ituvchi, xodim va talabaning or墨omusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu値a, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Devonxona va arxiv bo値imi

Guliston Davlat Universiteti

Devonxona va arxiv bo’limi — universitetning strukturaviy qismi hisoblanadi.

Devonxona va arxiv bo’limi o’z faoliyati davomida O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi «Ijro intizomini yanada mustahkamlash to’g’risida»gi 12-sonli, 1999-yil 29-martdagi «O’zbekiston Respublikasi mahalliy davlat organlarida ish yuritish bo’yicha normativ hujjatlarni hamda ijro intizomi bo’yicha Yo’riqnomani tasdiqlash to’g’risida»gi 140-sonli hamda O’zbekistan Respublikasi Oliy va o’rtamaxsus ta’lim vazirligining 2010-yil

21- maydagi 195-sonli buyrug’i  asosida ish yuritadi.

Devonxona va arxiv bo’limi zimmasiga: hujjatlarni ijrochilarga yetkazish qismlaridan tashkil topgan.

Devonxona va arxiv bo’limi o’z ishini vazirlik, viloyat, shahar hokimliklari, viloyat boshqarmalari va tashkilotlari, universitet prorektorlari, bo’limlari, dekanatlari, kafedralari bilan birgalikda olib boradi.

Devonxona va arxivbo’limining vazifalari:

Universitetning Devonxona va arxiv bo’limi zimmasiga quyidagi vazifalar kiradi:

universitet tarkibiy qismlarida ish yuritishni to’g’ri tashkil qilish;

Rektor topshirig’iga asosan universitet xodimlarini O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Respublika Oliy Majlisi hujjatlari, Respublika Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Prezident devoni hamda Respublika vazirlik, idora va tashkilotlaridan kelgan hujjatlar bilan tanishtiradi.

Yangi ishga kelgan xodimlarni ish yuritish bo’yicha Yo’riqnoma, ichki mehnat tartibi va ish yuritish bo’yicha boshqa hujjatlar bilan tanishtiradi;

Universitet xodimlari bilan birgalikda rektor buyrug`i, farmoyish va javob xatlari loyihalarini sifatli tayyorlashga ko’maklashadi;

Universitetga kelib tushayotgan barcha hujjatlarning nusxalarini tegishli mas’ul xodimlarga yetkazishni tashkil qiladi;

Universitetda ish yuritishni davlat tilida olib borilishini, kompyuterlashtirilishini, kelgan axborotlarni qayta ishlanishini hamda ish yuritish madaniyatini oshirilishini ta’minlaydi;

Hujjatlarni doimiy tahlil qilish hamda rahbariyatga tayyorlanadigan me’yoriy hujjatlarning sifatini oshirish, hujjatlar aylanma harakatini kamaytirish yuzasidan takliflar kiritish;

Rahbariyat tomonidan nazorat qilinadigan hujjatlar: O’zbekistan Respublikasi Prezidenti Farmon, farmoyishlari, Oliy Majlis qaror, topshiriqlari, qonunlar, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, Hay’at qarorlari, modemnomalari , viloyat hokimi qaror, farmoyishlari, Xalq deputatlari viloyat kengashi sessiya qarorlari,  hamda fuqarolar taklif va arizalarini o’z vaqtida ko’rib chiqilishini tashkil qiladi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlisi hamda vazirlik va idoralar tomonidan so’ralgan axborotlarni o’z vaqtida yetkazilishini nazorat  qiladi;

Universitetda  fuqarolar yozma va og’zaki murojaatlarining o’z vaqtida ko’rib chiqilishi ustidan nazorat o’rnatadi;

Universitetda hujjatlar saqlanishini ta’minlash va nazorat qilish, hujjatlar nomenklaturasini tuzish;

Devonxona va arxiv bo’limi mudiri

Devonxona va arxiv bo’limi mudiri— lavozimi va o’z xuquqlaridan kelib chiqib, devonxona va arxiv bo’lim zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga shaxsiy javobgardir:

topshirilgan vazifasiga qarab har bir xodimning ish faoliyati darajasini belgilaydi;

Devonxona va arxiv bo’limi ishini rejalashtiradi;

Ish yuritishni tashkillashtirish yuzasidan universitetning barcha bo’limlari mudirlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Rahbariyat   ko’rsatmasiga   asosan    yig’ilishlarda ishtirok etadi;

Universitet bo’limlarida ish yuritishni tog’ri tashkil etish bo’yicha javobgardir.

Devonxona va arxiv bo’limi mudiri universitetga kelib tushgan rektorga kiritiladigan korrespondentsiyani ro’yxatga oladi, topshiriq loyihasini tayyorlaydi va rektor yordamchisiga topshiradi.

Yo’riqnomaga asosan rektor    buyruqlarini va farmoyishlarining to’g’ri qayd etilishini ta’minlaydi:

Hujjatlar loyihasini tayyorlayotgan xodimlarga buyruq, va farmoyishni tayyorlash tartibi bo’yicha tushuntirish beradi;

Imzolangan buyruq, va farmoyishlarni qayd daftariga kiritadi;

Nusxalarga umumiy bo’lim muhrini bosib, tarqatish varaqasiga mos holda hujjatlarni ijrochilarga yetkazuvchi mutaxassisga topshiradi;

Tarqatib bo’lgan va tarqatish varaqasida qayd qilingan holda hujjat asl nusxasini tegishli jildga tikib boradi.

Har chorakda maxsus shakl asosida ijro qilingan hujjatlarni tahlil qiladi va vazirlikka hisobotlar yuboriladi.

Nazorat qiluvchi mas’ul nazoratga olinadigan hujjatlar va bandlarni qat’iy hisobga olinishini ta’minlaydi, ijrochilarga rezolyutsiyaga muvofiq, nazorat varaqa va eslatmalar beradi.

Kompyuter dasturining "Nazorat" dasturida ish yuritadi, nazorat kartochkalari chiqaradi.

Devonxona va arxiv bo’limining hujjatlar nomenklaturasini tayyorlaydi, muvofiqlashtiradi va unga qarab ish yuritadi.

Devonxona va arxiv bo’limi muhr va shtamplarining saqlanishiga javob beradi,

Rahbariyatga    doimiy    ravishda   xat,    ariza    va    shikoyatlarning   ko’rib chiqilishi natijalari to’g’risida axborot berib boradi.

Universitet bo’yicha fuqarolarning xat, ariza va shikoyatlarining ko’rib chiqilishi yuzasidan chorak, yarim yillik hamda yillik tahlillar va ma’lumotlarni tayyorlaydi.

Ish yurituvchi vazifalari:

-kelgan hujjatlarni qabul qilish va birlamchi qayta ishlash bilan shug’ullanadi:

paketlarni ochadi,  buzilmaganligini va manzilning to’g’riligini tekshiradi;

-kelgan hujjatlarni qayd qiladi, Kompyuterga tushiradi va nazorat kartochkalari yuritadi;

-qayta ishlangan hujjatlarni yana bir bor ko’rib chiqish uchun  bo’lim mudiriga togshiradi;

-hujjat rezolyutsiyasini qayd varaqasiga ko’chiradi va ijrochilarga bir nusxa varaqaga imzolatib hujjatni topshiradi;

-ikki va undan ortiq ijro etuvchi bo’lgan holatda hujjat va rezolyutsiyadan keraklicha nusxa ko’paytirib, ijrochilarga yetkazadi;

-umumlashtirgan holda universitetning barcha chiqish xat va hujjatlarini tayyorlaydi:

-jo’natilayotgan xatlar va hujjatlarni qayd qiladi;

-hujjatlarni konvertlashdar oldin to’g’ri rasmiylashtirilganligini, ilovasi to’g’riligini tekshiradi;

-yelimlab yopilgan paketlarga reestr (tarqatish varaqasi) tayyorlaydi hamda feld’egerlik xizmati xodimiga topshiradi. Bir nusxa reestrni olinganligi to’g’risidagi imzo va belgisi bilan tikib qo’yish uchun olib qoladi.

Ijro xatlarini qabul qiladi, ijro etilgan xatlarni qayd qilib boradi.

Bajarilgan hujjatlarni nomenklaturaga asosan belgilangan ish jildlariga joylaydi va tikib boradi.

Yopilgan hujjatlarni arxivga topshirishga tayyorlaydi.

4763 | 2017-12-26 17:11
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
DOKTORLIK DIPLOMI TOPShIRILDI

Guliston davlat universiteti kichik faollar zalida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Navbahor” qishlog’ida tug’ilgan Kamola Abrorxonovaga doktorlik diplomi topshirishga bag’ishlangan tantana bo’lib o’tdi. Tantanani Guliston davlat universiteti professori R.Mahmudov kirish so’zi bilan ochdi va boshqarib bordi. Kamola Abrorxonova Guliston shahridagi 2-pedagogika kollejida o’qigan Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi bo’yicha magistraturada va doktaranturada ta’lim olgan. 2020-yil 1-may erta tongda Sardoba suv ombori o’pirilishi natijasida yuzaga kelgan talofatda Kamola Abrorxonova oilasi ham katta talofat ko’rgan. Sardoba suv ombori talofatlarini bartaraf etish uchun muhtaram Prezidentimiz to’rt marta Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdilar.

2020 yil 15 may kuni Mirzaobod tumanida Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoevning jabrlangan aholi bilan bo’lgan suhbatida Kamola Abrorxonova
ham o’z fikr mulohazalari bilan qatnashdi.

3-bosqich
doktoranti Kamola Abrorxonova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini innovatsion yondashuv
asosida milliy ruhda tarbiyalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi
ilmiy tadqiqotini yakunlaganligini aytib o’tdi.

Diplom
topshirish marosimida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori
Alisher Umarov, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Oliy Attestatsiya
komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov, Guliston davlat universiteti rektori Muxsin
Xodjiev, Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti prorektori, ilmiy rahbari, pedagogika
fanlar doktori, professor Barno Abdullaeva, Sirdaryo viloyati hokimi o’rinbosari
Otabek Nosirov, biologiya fanlori doktori, professor Hazratqul Qarshiboev, O’zbekiston
jaxon tillari universiteti o’qituvchisi Ilyos Quvondiqovlar so’zga chiqdilar.

Oliy
Attestatsiya komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov doktorant Kamola Abrorxonovaga tantanali
ravishda fan doktorligi diplomini topshirdi. Tantana so’ngida so’zga chiqqan Kamola
Abrorxonova ilm fan rivojiga, yoshlarga katta g’amxo’rlik ko’rsatayotgan muhtaram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga, ilmiy rahbariga, Mirzaobod tumanidagi 17-maktab,
Guliston shahridagi 2-pedagogika kolleji jamoalariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Yigirma
sakkiz yoshli yangi fan doktoriga viloyat hokimligining qimmatbaho sovg’alari va
gullar taqdim qilindi. 

R.Mahmudov

Matbuot kotibi

507 | 2020-05-19 12:56
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining 滴uquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->