O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi

Kafedra mudiri: Mamatqulov Muzaffar Rahmonqulovich
Filologiya fanlari doktori DSc, professor
rus, ingliz tillari
+99893 320 12 76
mamatqulov1973@mail.ru
M.Mamatqulov o‘z ish faoliyatini 1995-yilda Guliston davlat universiteti “O‘zbek adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimidan boshlagan. 1996-1998-yillarda H.Sulaymonov nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qo‘lyozmalar instituti stajor-tadqiqotchisi, 1998-2004-yillar Guliston davlat universiteti “O‘zbek adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi, 2004-2006-yillar shu kafedra katta o‘qituvchisi, 2004-2007-yillar Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti ilmiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2007-2012-yillar “O‘zbek adabiyoti” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi, universitet pedagogik amaliyot rahbari, 2012-2017-yillar shu kafedra (keyinchalik “O‘zbek tili va adabiyoti”) dotsenti, universitet Ilmiy kengashi kotibi, 2018-2019-yillar Guliston davlat universiteti Pedagogogika fakulteti dekani, 2019-2022-yillar Guliston davlat universitetining Filologiya fakulteti dekani, 2022-yildan “O‘zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
