1996 yili Samarqand davlat universitetini yakunlab, 1997 yildan Guliston davlat universiteti Botanika va ekologiya asoslari kafedrasi katta laboranti, Guliston davlat universiteti aspiranti. 2002-2009 yillar Guliston davlat universiteti Botanika va ekologiya kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi lavozimida, 2011-2018 yillarda Guliston davlat universitetining Umumiy biologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi va dotsent lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2018 yili Guliston davlat universiteti Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i. 2020 yildan boshlab, universitetning Dorivor o‘simliklar va botanika kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda
Kafedra tarixi
2015-yil 3-noyabrdagi 311-sonli “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarining oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini bajarish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi “Nukus-farm, Zomin-farm, Sirdaryo-farm va boshqa qator erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi, 2017-yil 11-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi và 2017-yil 7-noyabrdagi “Respublika farmasevtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida ko‘rsatilgan dorivor o‘simliklar xom-ashyosini yetishtirishni tashkil etish orqali Respublikamiz aholisini yuqori sifatli farmasevtika maxsulotlari bilan ta’minlash xaqidagi topshiriqlarini bajarish maqsadida “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan 2022-yildan boshlab kafedrada yurtimiz istiqboli uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. “Dorivor o‘simliklar va botanika” kafedrasi 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, kafedraga shu yili b.f.d., professor H.K. Karshibayev mudirlik qilgan. 2020 yildan b.f.n., dotsent L.A. Botirova kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.