Respublika OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi
2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – transfer.edu.uz;
➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – my.uzbmb.uz.
Arizalar 2024-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.
O‘tish ballari bu yerda: https://t.me/eduuz/24105
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
