Yo‘l chiziqlarini bosganlik uchun radar orqali jarima qo‘llanilmaydi
Vazirlar
Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi “Transport vositalaridan foydalanishda aholiga
qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 318-sonli qaroriga
asosan, 2025-yil 1-iyundan boshlab:
yo‘lning
qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmaslik holatlarini
har qanday maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari
orqali qayd etishga;
shaharlar
avtomobil yo‘llarida ta’mirlash yoki yo‘l chiziqlarini chizish bilan bog‘liq ishlarni
soat 07:00 dan 21:00 ga qadar amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek,
quyidagilarga ruxsat etildi:
▪️ soat
23.00 dan 06.00 ga qadar yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan
tasmasi bor yo‘lda boshqa transport vositalarining harakatlanishiga;
▪️ amal
qilish vaqtini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha axborot belgilariga ega “To‘xtash taqiqlangan”
va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilari joylashgan hududda ularning amal
qilish vaqtidan tashqari paytda transport vositalarining tegishlicha to‘xtashi hamda
to‘xtab turishiga;
▪️ maktab
va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda Yo‘l harakati qoidalari
bilan belgilangan tezlik chegarasini dam olish kunlari, ta’til davrlari va 19:00 dan
07:00 gacha vaqt oralig‘ida ushbu aholi punkti uchun ruxsat etilgan umumiy
tezlik chegarasigacha oshirib harakatlanishga.
2025-yil
1-sentabrdan
boshlab harakat tezligini nazorat qilishga mo‘ljallangan har qanday turdagi statsionar
va mobil radarlar joylashgan hududda va ungacha kamida 250 metrdan kam hamda
500 metrdan ko‘p bo‘lmagan hududda “Radar” yo‘l belgisining o‘rnatilishi majburiy
hisoblanadi.
D. Burxonov
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining sudyasi
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
