IQTISODIY SUDLAR TIZIMIDA SAMARALI ISLOHOTLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda qabul qilingan tegishli farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab iqtisodiy sudlar tizimida muhim tashkiliy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ushbu farmon asosida iqtisodiy sudlar faoliyati qayta ko‘rib chiqilib, ularni birlashtirish orqali sud ishlarini tashkil etishning yanada samarali va zamonaviy tizimi joriy etildi.

Iqtisodiy sudlarning birlashtirilishi, avvalo, iqtisodiy nizolarni ko‘rib chiqishda yagona sud amaliyotini shakllantirish, sud ishlarini yuritishda ixtisoslashuv va tizimli yondashuvni ta’minlashga qaratilgan. Yangi tuzilma sudlar o‘rtasida ish yuklamasini oqilona taqsimlash, ortiqcha tashkiliy to‘siqlarni bartaraf etish hamda ishlarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish imkonini bermoqda.

Shuningdek, mazkur islohotlar tadbirkorlik sub’ektlari uchun qator qulayliklar yaratdi. Xususan, sudga murojaat qilish tartib-taomillarining soddalashtirilishi, elektron xizmatlardan keng foydalanish hamda protsessual harakatlarni masofaviy amalga oshirish imkoniyatlarining joriy etilishi tadbirkorlar uchun vaqt va ortiqcha xarajatlarni tejashga xizmat qilmoqda.

Iqtisodiy sudlarda ishlarning xolis, sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, sud qarorlarining qonuniy va asosli qabul qilinishi ishbilarmonlik muhitining barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa tadbirkorlarning sud himoyasiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, shu bilan birga, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga zamin yaratmoqda.

Xulosa qilib aytganda, iqtisodiy sudlarning 2026-yil 1-yanvardan boshlab birlashtirilishi sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, odil sudlov samaradorligini oshirish hamda tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan muhim islohot hisoblanadi. Guliston shahar iqtisodiy sudi tomonidan ham mazkur farmonda belgilangan vazifalarni amalda to‘liq ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish yo‘lida izchil ishlar olib borilmoqda.

 

 M.Xolikov Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi

 

Yu.Abizov Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi sudya yordamchisi 


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?