IQTISODIY SUDLAR TIZIMIDA SAMARALI ISLOHOTLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda
qabul qilingan tegishli farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab iqtisodiy
sudlar tizimida muhim tashkiliy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ushbu farmon asosida
iqtisodiy sudlar faoliyati qayta ko‘rib chiqilib, ularni birlashtirish orqali sud
ishlarini tashkil etishning yanada samarali va zamonaviy tizimi joriy etildi.
Iqtisodiy sudlarning birlashtirilishi, avvalo, iqtisodiy
nizolarni ko‘rib chiqishda yagona sud amaliyotini shakllantirish, sud ishlarini
yuritishda ixtisoslashuv va tizimli yondashuvni ta’minlashga qaratilgan. Yangi tuzilma
sudlar o‘rtasida ish yuklamasini oqilona taqsimlash, ortiqcha tashkiliy to‘siqlarni
bartaraf etish hamda ishlarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish imkonini
bermoqda.
Shuningdek, mazkur islohotlar tadbirkorlik sub’ektlari
uchun qator qulayliklar yaratdi. Xususan, sudga murojaat qilish tartib-taomillarining
soddalashtirilishi, elektron xizmatlardan keng foydalanish hamda protsessual harakatlarni
masofaviy amalga oshirish imkoniyatlarining joriy etilishi tadbirkorlar uchun vaqt
va ortiqcha xarajatlarni tejashga xizmat qilmoqda.
Iqtisodiy sudlarda ishlarning xolis, sifatli va o‘z
vaqtida ko‘rib chiqilishi, sud qarorlarining qonuniy va asosli qabul qilinishi ishbilarmonlik
muhitining barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa tadbirkorlarning
sud himoyasiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, shu bilan birga, investitsiyaviy
jozibadorlikni oshirishga zamin yaratmoqda.
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiy sudlarning 2026-yil
1-yanvardan boshlab birlashtirilishi sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, odil
sudlov samaradorligini oshirish hamda tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy
manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan muhim islohot hisoblanadi. Guliston
shahar iqtisodiy sudi tomonidan ham mazkur farmonda belgilangan vazifalarni amalda
to‘liq ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish yo‘lida
izchil ishlar olib borilmoqda.
M.Xolikov Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi
Yu.Abizov Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi sudya yordamchisi

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


