Bugungi kunda sud tizimida amalga oshirilayotgan eng muhim yangiliklardan biri — bu raqamlashtirish jarayonidir
Endilikda
fuqarolar sudga murojaat qilish uchun idorama-idora yugurishi shart emas.
Arizalarni onlayn tarzda yuborish, ish holatini kuzatish va hatto sud
majlislarida masofadan ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
Bu nima
beradi?
Avvalo,
vaqt tejaladi. Ikkinchidan, inson omili kamayadi, demak, adolatli qaror qabul
qilish imkoniyati ortadi. Eng muhimi esa — shaffoflik ta’minlanadi.
Sud qarorlarining elektron bazada
joylashtirilishi esa har bir fuqaro uchun ochiqlikni ta’minlaydi. Bu orqali
jamoatchilik nazorati yanada kuchayadi.
Shuningdek, raqamlashtirish tadbirkorlar uchun
ham katta yengillik yaratmoqda. Barcha huquqiy jarayonlar tezkor va qulay
tarzda amalga oshirilmoqda.
Qisqacha aytganda, raqamli sud tizimi — bu faqat texnologiya emas, bu adolatni tezkor, oshkora va hammabop qilishga xizmat qiladigan muhim qadamdir.
Sirdaryo
viloyati sudining sudyasi N.Sangirov

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



