Guliston davlat universitetida talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlari amalga oshirilmoqda
Guliston davlat universitetida talabalarni turar joy bilan taʼminlash
ishlari amalga oshirilmoqda
Bugungi kunda Guliston davlat universitetida 2094 sigʻimga ega 4 ta talabalar turar joylari mavjud. Shundan 910 ta oʻrin 1-kursga qabul qilinadigan talabalar uchun ajratib qoʻyilgan. Qolgan 1184 ta oʻrin guldutalabalarturarjoyi platformasi orqali onlayn ariza bergan talabalarga taqsimlab berilmoqda.
Guliston davlat universiteti talabalarini TTJ va ijara bilan taʼminlash boʻyicha shtab tashkil etilgan boʻlib, yangi o'quv yili boshlanish davrida turar joyga ehtiyoji bor talabalarning yashash joy qidirib sarson bo'lmasliklarini oldini olish maqsadida shtab aʼzolari tomonidan 1262 o‘ringa ega bo‘lgan 164 ta zaxira ijara xonadonlarining manzilli ro'yxati shakllantirilgan. Yangi o'quv yili boshidan ularni ijara xonadonlariga joylash choralari ko'riladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
