Men oʻqishga kirsam qayerda turaman?

Hademay yangi oʻquv yili boshlanadi. Uzoqdan qatnab oʻqiydigan talabalar uchun turarjoy topish masalasi haqiqiy muammoga aylanadi. Boisi oliy taʼlimga talabalar qamrovining oshgani sayin yotoqxonaga boʻlgan ehtiyoj ham ortib bormoqda.

Guliston davlat universitetida bu borada ijobiy yechimlarga erishildi. 

Bugungi kunda oliy taʼlim muassasasining 4 ta talabalar turarjoyi quvvati 2094 oʻringa moʻljallangan boʻlib, mazkur koʻrsatkich mavjud ehtiyojni toʻliq qoplash imkonini bermoqda.

Bundan tashqari, oliygoh asosiy darvozasi oldida tashkil qilingan “Talabalar turarjoylari va ijara xonadonlari” boʻyicha maʼlumotlar markazida talabalarning yotoqxona va ijara xonadoni bilan bogʻliq muammolari masʼullar tomonidan tezkorlik bilan ijobiy hal etilmoqda.

Maʼlumot uchun: universitet yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  my.gov.uz orqali elektron ariza yuborish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?