“Gulchilik, limonchilik va dorivor o‘simliklar” zamonaviy kasbga o‘rgatish markazi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
raisligida 2026-yil 3-sentabr kuni “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi
daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish
masalalari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan
vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi bandligini oshirish, kam ta’minlangan
oilalar a’zolari va ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida Guliston
davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Agrotuproqshunoslik va melioratsiya
kafedrasi qoshida “Gulchilik, limonchilik va dorivor o‘simliklar” zamonaviy
kasbga o‘rgatish markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur markazning asosiy maqsadi kam ta’minlangan oilalar
a’zolari va ishsiz yoshlarni gulchilik, limonchilik hamda dorivor o‘simliklarni
yetishtirish yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarga
o‘rgatish, ularda zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash malakasini
shakllantirish hamda kelgusida mustaqil mehnat faoliyati yoki tadbirkorlik
bilan shug‘ullanishlari uchun zarur bilim va ko‘nikmalar berishdan iborat.
Hozirgi kunda markazda jami 9 nafar tinglovchi tahsil
olmoqda. Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilarga gulchilik, limonchilik va
dorivor o‘simliklarni yetishtirishning nazariy asoslari, ekish va ko‘paytirish
usullari, ko‘chat tayyorlash, tuproqni tayyorlash, sug‘orish, oziqlantirish,
o‘simliklarni parvarishlash hamda kasallik va zararkunandalardan himoya qilish
bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.
Gulchilik yo‘nalishida manzarali va xona gullarini ko‘paytirish, ko‘chat yetishtirish, tuvak va gulzorlarni tashkil etish, o‘simliklarni mavsumiy parvarishlash hamda landshaft va bezak kompozitsiyalarini yaratish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.

Limonchilik yo‘nalishida limon ko‘chatlarini tayyorlash va
parvarishlash, payvandlash, issiqxona sharoitida yetishtirish, sug‘orish va
oziqlantirish tartibi, mikroiqlimni boshqarish hamda hosilni yig‘ish va saqlash
bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar shakllantiriladi.
Dorivor o‘simliklar yo‘nalishida yalpiz, melissa, moychechak,
rayhon va boshqa dorivor hamda xushbo‘y o‘simliklarni ekish, ko‘paytirish,
parvarishlash, hosilini yig‘ish, quritish va saqlash usullari o‘rgatiladi.
O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida tinglovchilarning amaliy
mahoratini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Jumladan, urug‘ va
ko‘chatlarni tayyorlash, ekish, ko‘chirib o‘tqazish, payvandlash, o‘simliklarni
parvarishlash, o‘g‘itlash, sug‘orish hamda yetishtirilgan mahsulotni saralash
va saqlash bo‘yicha amaliy ishlar bajariladi. Shuningdek, mahsulot tannarxini
hisoblash, bozor talabini o‘rganish, mahsulotni qadoqlash va sotish, kichik
biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari haqida tushunchalar beriladi.
Kurs faoliyati natijasida quyidagi vazifalarni
amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
1.
Kam
ta’minlangan oilalar a’zolari va ishsiz yoshlarning kasbiy bilim hamda amaliy
ko‘nikmalarini rivojlantirish.
2.
Yoshlarni
gulchilik, limonchilik va dorivor o‘simliklarni yetishtirish sohalariga keng
jalb etish.
3.
Tinglovchilarda
gul, limon ko‘chatlari va dorivor o‘simliklarni mustaqil yetishtirish
malakasini shakllantirish.
4.
Zamonaviy
agrotexnologiyalar, tejamkor sug‘orish va o‘simliklarni samarali parvarishlash
usullarini o‘rgatish.
5.
Kurs
bitiruvchilarini o‘z tomorqasi, issiqxonasi yoki kichik biznesi asosida daromad
topishga yo‘naltirish.
6. Gulchilik, limonchilik va dorivor o‘simliklar yetishtirishni rivojlantirish, ekologik madaniyat va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


