Usta kulol kasbga o‘qitish markazi

Guliston davlat universiteti
San’atshunoslik fakulteti Amaliy san’at va dizayn kafedrasida tashkil etilgan
“Usta kulol” o‘quv kursi faoliyati hamda kam ta’minlangan va ishsiz yoshlar
uchun kasb-hunarga o‘qitish to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida
2026-yil 3-sentabr kuni “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini
oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari” yuzasidan
o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini
ta’minlash, aholi bandligini oshirish, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va
ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida Guliston davlat universiteti
San’atshunoslik fakulteti Amaliy san’at va dizayn kafedrasi qoshida “Usta
kulol” o‘quv kursi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur o‘quv kursining asosiy maqsadi kam ta’minlangan oilalar a’zolari
va ishsiz yoshlarni milliy hunarmandchilikning qadimiy yo‘nalishlaridan biri
bo‘lgan kulolchilik san’atiga o‘rgatish, ularda kasbiy bilim, amaliy ko‘nikma
va ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish hamda kelgusida mustaqil mehnat
faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan
iborat.
Hozirgi kunda “Usta kulol” o‘quv kursida jami 7 nafar tinglovchi tahsil olmoqda. Mashg‘ulotlar davomida
tinglovchilarga kulolchilik san’atining nazariy asoslari va amaliy jihatlari,
loyga ishlov berish, kulolchilik charxida ishlash, milliy sopol buyumlar
tayyorlash, ularga badiiy bezak berish hamda tayyor mahsulotlarni pishirishga
tayyorlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida tinglovchilarning amaliy mahoratini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, milliy kulolchilik
an’analari asosida kosa, piyola, lagan, ko‘za, guldon va boshqa turdagi sopol
buyumlarni tayyorlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek,
kurs ishtirokchilariga o‘zlari tayyorlagan mahsulotlarning sifatini baholash,
ularni bezash,
dizayn yechimlarini ishlab chiqish, mahsulot tannarxini hisoblash va
kelgusida hunarmandchilik faoliyati orqali daromad topish
imkoniyatlari haqida
tushunchalar berilmoqda.
Kurs faoliyati
natijasida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
1.Kam
ta’minlangan oilalar a’zolari va ishsiz yoshlarni kasbiy bilim va amaliy
ko‘nikmalarini rivojlantirish.
2. Yoshlarni
milliy hunarmandchilik va kulolchilik san’atiga keng jalb etish.
3.
Tinglovchilarning mustaqil ravishda kulolchilik mahsulotlarini tayyorlash
malakasini shakllantirish.
4. Yoshlarning
ijodiy qobiliyatlari va estetik dunyoqarashini rivojlantirish.
5. Kurs
bitiruvchilarini kelgusida hunarmandchilik faoliyati va tadbirkorlikka
yo‘naltirish.
6. Milliy kulolchilik san’atini rivojlantirish va uning an’analarini yosh avlodga yetkazish.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


