«Kompyuter va ofislarda ishlovchi operator» kasbga o‘rgatish markazi
Kompyuter
va ofislarda ishlovchi operator O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev raisligida 3-sentabr kuni «Kambag‘allikni qisqartirish va aholi
daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish
masalalari» yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan
vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston davlat universiteti
rektorining «Kasbga o‘qitish markazlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug‘i
qabul qilingan.Mazkur buyruq ijrosini ta’minlash doirasida Axborot
texnologiyalari va fizika-matematika fakultetida kam ta’minlangan oilalar
a’zolari hamda ishsiz yoshlarning zamonaviy kasbiy bilim va amaliy
ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
sohasidagi savodxonligini oshirish hamda bandligini ta’minlashga ko‘maklashish
maqsadida kasbga o‘qitish markazi faoliyatini tashkil etish ishlari yo‘lga
qo‘yilgan.Fakultetda tashkil etilgan kasbga o‘qitish markazi faoliyati
doirasida «Kompyuter va ofislarda ishlovchi operator» kasbi bo‘yicha o‘quv
dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur dastur tinglovchilarning zamonaviy kompyuter
texnologiyalaridan foydalanish, ofis dasturlarida ishlash, elektron hujjatlarni
shakllantirish va qayta ishlash, ma’lumotlarni elektron jadvallarda tahlil
qilish hamda internet resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha kasbiy
kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
O‘quv
dasturiga muvofiq mashg‘ulotlar ikki oy muddat davomida, haftaning dushanba,
chorshanba va juma kunlari soat 17:30 dan 19:00 ga qadar tashkil etilishi
belgilangan. Umumiy o‘quv yuklamasi 48 akademik soatni tashkil etadi.
Mashg‘ulotlarning nazariy va amaliy uyg‘unlikda olib borilishi
tinglovchilarning olgan bilimlarini amaliy faoliyatda qo‘llash imkoniyatlarini
kengaytirishga xizmat qiladi.O‘quv mashg‘ulotlari mazmunida Microsoft Word,
Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint dasturlari, Windows operatsion tizimi,
internet va elektron pochta xizmatlari, Google Drive va OneDrive bulutli texnologiyalari
hamda elektron ish yuritish vositalaridan foydalanish masalalari qamrab
olingan.
Shuningdek,
tinglovchilarda elektron hujjatlar tayyorlash, jadvallar bilan ishlash,
taqdimotlar yaratish, ma’lumotlarni saqlash va almashish hamda raqamli
xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni
shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Buyruqning
tegishli bandlari ijrosi yuzasidan kasbga o‘qitish markazi faoliyatini samarali
tashkil etish, mashg‘ulotlarni tasdiqlangan jadval asosida olib borish, o‘quv
jarayonini zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlash hamda
professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan mavzularning
sifatli o‘zlashtirilishini ta’minlash masalalari ustuvor vazifalar sifatida
belgilangan.
O‘quv
kursining yakuniy bosqichida tinglovchilarning egallagan bilim va amaliy
ko‘nikmalarini baholash, ularning mustaqil ravishda kompyuter va ofis
dasturlarida ishlash kompetensiyalarini aniqlash nazarda tutilgan. Dastur
talablarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan tinglovchilarga belgilangan tartibda
universitet sertifikatlarini berish ko‘zda tutilgan.
Guliston davlat universiteti rektorining «Kasbga o‘qitish markazlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug‘i ijrosi doirasida Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakultetida kasbga o‘qitish yo‘nalishida tegishli tashkiliy va o‘quv-uslubiy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur tashabbus aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari, xususan, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va ishsiz yoshlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, raqamli savodxonligini rivojlantirish hamda ularning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashishga qaratilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


