AL va KHK bilan hamkorlik.

AL va KHK bilan hamkorlik.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 14- martdagi “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2829-son Qarori, 2017- yil 20- apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli Qarori hamda 2017 -yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish  to’g’risida”gi  PQ-3290-sonli  Qarorida belgilangan vazifalar asosida, oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimlari orasida uzviylikni ta’minlash, o’quv-metodik, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va akademik litsey bitiruvchi kurs o’quvchilarini OTMlarga o’qishga kirish ko’rsatgichlarini yaxshilash kabi sohalarda universitet kafedralarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari  kafedralari bilan hamkorligini ta’minlash bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu vazifalar o’quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish, AL va KHKlar pedagoglarining malakasini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda o’zaro hamkorlik, AL va KHKlar o’quvchilari orasida  kasbga yo’naltirish ishlarini olib borish hamda akademik- litseylarda bitiruvchi kurs o’quvchilarini OTMlarga o’qishga kirishlari uchun tayyorgarlik ishlarida o’quv-metodik yordamni tashkil etishga oid ishlarni qamrab olgan.

Bu tizimdan ko’zlangan asosiy maqsad – avvalo, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini takomillashtirish, uzluksiz ta’limning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashdan iborat. Bunda hamkorlikda o’quv adabiyoti, uslubiy qo’llanmalar, pedagogik texnologiyalar yaratish hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga oliy ta’lim muassasalar professor-o’qituvchilarining salohiyatini jalb etish kabi vazifalar belgilagan.

Guliston davlat universiteti Sirdaryo viloyatidagi yagona OTM bo’lganligi sababli ixtisoslik sohalariga qarab viloyatdagi faoliyat yuritayotgan jami 52 ta AL va KHK lar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

 Joriy 2017-2018- o’quv yilida jami 22 nafar o’qituvchi o’rindoshlik asosida faoliyat yuritmoqda. Shulardan 9 nafari fan nomzodi, dotsentlardir.

2017-2018- o’quv yili uchun universitetning 260 nafar professor-o’qituvchilari, jumladan, 53 nafar fan nomzodi va katta o’qituvchilar, 207 nafar o’qituvchilar AL va KHKlarga o’quv, ilmiy-metodik yordam berish uchun biriktirildi. Kafedralar filiallari o’z faoliyatini  davom ettirmoqda.

Hamkorlikdan ko’zlangan asosiy maqsad - Guliston davlat universiteti akademik litseyi va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik ishlarini olib borish, ularga  o’quv-metodik asosda amaliy yordam ko’rsatish, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy izlanish ishlarini rivojlantirishga ko’maklashish, moddiy texnik bazasini rivojlantirishga yordam berishdan iborat.

 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?