Guliston akademik litseyi

Direktor:Xakimjonov Baxodir Xakimjonovich

Falsafa fanlari doktori (Phd)


rus, ingliz tillari

+99894-580-02-07


O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Umarov Bekzod Majidovich

rus, ingliz tillari

+99897-245-86-05


Yoshlar ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:  Qurbonov Ahror Abdubashar o'g'li

rus, ingliz tillari

  +99888-021-40-00






AKADEMIK LITSEY TARIXI


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 16 iyuldagi “Yangi turdagi o’quv yurtlarini tashkil etish to’g’risida”gi №192-sonli buyrug’i, Sirdaryo viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 1998 yil 27 iyuldagi 20-sonli buyrug’i, Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimining 1999 yil 03 fevraldagi “Guliston davlat universiteti qoshidagi Guliston akademik litseyini davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida” gi №119-sonli Qaroriga asosan Guliston davlat universiteti qoshidagi Guliston akademik litseyi sifatida tashkil etilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida” gi №3290-sonli Qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 10 oktyabrdagi 64-sonli qo’shma Qarori, Guliston davlat universitetining 2017 yil 14 oktyabrdagi 577-sonli buyrug’iga asosan qayta tashkil etilgan. Ushbu hujjatlarga asosan Guliston davlat universiteti akademik litseyi nomi bilan qayta nomlangan.

Guliston davlat universiteti akademik litseyi Ustavi Guliston shahar hokimining 29.01.2018 yildagi 129-sonli qarori va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 19.01.2018 yil 59-buyrug’i bilan tasdiqlangan bo’lib, 02.02.2018 yilda 661130-son bilan Guliston shahar yagona darcha markazi tomonidan ro’yxatga olingan.



 AKADEMIK LITSEY 2024-2025-O’QUV YILIDA


Hozirgi kunda ta’lim muassasasining 1-bosqichda 115 nafar o’quvchi va 2-bosqichda 142 nafar o’quvchi tahsil olmoqda. O’quv jarayoni 2 smenada tashkil qilingan.

Akademik litseyda 2024/2025-o‘quv yilida faoliyat olib borayotgan jami 36 nafar o’qituvchilarning, asosiy shtatda 31 nafari, ichki va tashqi o’rindoshlar 5 nafardan iborat. Unga ko’ra

– Asosiy shtatdagi 21 nafar o’qituvchilardan:

10 nafari bosh o’qituvchi;

7 nafari etakchi o’qituvchi;

3 nafari katta o’qituvchi;

1 nafari oliy ma’lumotli mutaxassis o’qituvchilardan iborat.

– Ichki va tashqi o’rindoshlik asosida faoliyat olib borayotgan 5 nafar o’qituvchilardan:

1 nafari fan nomzodi;

4 nafari katta o’qituvchilari;

2 ta kompyuter sinf xonalari mavjud bo’lib, ular internet tarmogiga ulangan. Ta’lim muassasasida jami kompyuterlar soni 36 tani tashkil qiladi. Shundan kompyuter sinf xonalarida 30 ta va kutubxonada 6 tani tashkil qiladi.

12 ta sinf xonalari zamonaviy o’quv jihozlari bilan to’liq ta’minlangan. Jumladan, 3 ta laboratoriya xonalari: fizika, kimyo va biologiya fani laboratoriyalari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Darslar zamonaviy pedogogik texnologiyalar asosida olib borilmoqda.

Manzil: O’zbekiston Respublikasi, Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 4-mavze

Telefon: (94) 580-02-07, e-mail: gulakl@umail.uz

Akademik litsey bo’ysunadigan vazirlik: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Qaysi ta’lim muassasasi negizida tashkil etilgan: Guliston Davlat universiteti



AKADEMIK LITSEYNING KUTUBXONA FAOLIYATI HAQIDA MA’LUMOT

Zamonaviy talabalarni hisobga olgan holda kutubxona tarmogini tashkil qilishni takomillashtirish, o’sib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga madaniy, ma’naviy – axloqiy kadriyatlarni saqlab qolishga yo’naltirilgan printsipal Yangi axborot markazlarini barpo etish, shuningdek aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash, zarur shart – sharoitlar yaratish maqsadida 2006 yil 20 iyundagi PK–381–sonli qarorga asosan bizning akademik litseyimizda ham Axborot Resurs Markazi ochildi. 2021 yildan boshlab ARM nomi o’rniga KUTUBXONA so’zi qo’llanila boshlandi. Akademik litsey kutubxonasining asosiy vazifasi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalananuvchilarning muntazam ta’lim olishiga va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko’maklashish. Kutubxona – axborot madaniyatini tarbiyalash, foydalanuvchilarni axborotlar qidirishning zamonaviy metodlariga o’rgatish. Kutubxona – axborot jarayonlarining zamonaviy texnologiyalarini va kompyuterlashtirishni joriy etish asosida ishlarni takomillashtirishdir. Kitobxonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. kutubxonadagi har bir kitob harflar bo’yicha javonlarga taxlangan. O’quv zalida o’quvchilar o’zlariga kerakli bo’lgan darslik, qo’llanmalarni, gazeta va oynomalarni olib foydalanadilar. Kutubxonada «Kitobxonlik» tanlovi. A.Navoiy hamda Z.M.Boburlarning tavalludlariga bag’ishlangan badiiy kechalar, Yangi nashr qilingan kitoblar taqdimotlari muntazam tashkil qilinib kelinmoqda.



2025-2026 O’QUV YILI UCHUN QUYIDAGI YO’NALISHLARGA TANLOV ASOSIDA QABUL QILADI

 

·        ANIQ FANLAR (texnika) -  (matematika, fizika)

·        ANIQ FANLAR (iqtisod) -  (matematika, ingliz tili)

·        TABIIY FANLAR (biologiya) -  (biologiya, kimyo)

·        IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR (yurisprudensiya) -  (huquqshunoslik, ingliz tili)

·        XORIJIY TILLAR (ingliz tili) -  (ingliz tili, ona tili va adabiyot)

·        O’qish muddati-2 yil.

 

ABITURENTLARGA

1. Dastlab o’quvchilar www.my.edu.uz sayti orqali online tartibda ariza topshiradilar. Arizalar 2025- yil 10-iyundan 10-iyulgacha qabul qilinadi.

3. Saralash imtihonlari BMBA (DTM) tomonidan test sinovlari tarzida tashkil etiladi.

4. Saralash imtihonlari 2025-yil 10-iyuldan 31-iyulga qadar tasdiqlangan reja asosida O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi

 

Tanlovdan tashqari o‘qishga imtiyozli kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar g‘oliblari diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni www.my.edu.uz  saytiga yuklaydilar.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?