“Korrupsiyasiz ta’lim – kelajak poydevori”
Universitetning Tabiiy fanlar fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorati" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Hamzayev, profilaktika inspektori S.Tursunboyeva tomonidan fakultet mas’ullari hamrohligida semestri yakuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan Yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish jarayonlari o‘rganildi.
Bunda fakultet talabalariga belgilangan vaqtda imtihonlarni o‘z vaqtida topshirish, nazorat turlarini topshirishda shaffoflikni taʼminlash va adolatli o‘tkazilishida barcha imkoniyatlardan foydalanish zarurligi hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
