"Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 19-noyabrdagi 01-23-468-sonli chora-tadbirlar rejasining 1.1-ilova 5-bandi ijrosini ta’minlash hamda universitet rektorining 2025-yil 4-dekabrdagi 232-O-sonli buyrug‘i bilan e’lon qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” oyligi doirasida 2025-yil 20-dekabr kuni universitetda “Ochiq eshiklar kuni” o'tkazildi. Tadbirga universitet akademik litseyining o‘qituvchilari va bitiruvchi bosqich o‘quvchilari taklif qilinib, ularga universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Tuychiyev, bo‘lim bosh mutaxassisi U.Begimkulov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i E.Mo‘minov, yoshlar yetakchisi Yo.Hayitboyev hamda yetakchi-faol talabalarimiz tomonidan universitetning foliyat olib borish jarayonlari taqdimotlar bilan ko‘rsatilib, ta’lim dargohida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, qulayliklar joylarga chiqqan holda tanishtirib o‘tildi. Bunday tadbirni o‘tkazishdan maqsad universitet faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, universitetda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlardan aholi habardorligini oshirib borishdan iborat.











Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



