Korrupsiya, moliyaviy huquqbuzarlik hamda yashirin iqtisodiyotga toqat yo‘q!
Guliston davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Navbatdagi targ'ibot tadbiri 17-fevral kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Tuychiyev hamda bo‘lim bosh mutaxassisi U.Begimkulov tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida “Korrupsiya, moliyaviy huquqbuzarlik hamda yashirin iqtisodiyotga toqat yo‘q!” mavzusida tashkil etildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olish, moliyaviy intizomga qat’iy rioya etish, shuningdek, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda har bir xodimning mas’uliyati muhim ekani ta’kidlandi. Shu bilan birga, universitetda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilarning savollariga javob berilib, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish zarurligi qayd etildi.

.jpg)
.jpg)

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



.jpg)