Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik
kadrlar tayyorlash bo‘limi
boshlig'i: Turdikulov Olim Tairkulovich
Qabul kunlari: Dushanbadan, Jumagacha (9:00-17:00)
Rus, Ingliz tillari
(67) 225-38-01, Fax: (67) 225-42-75
turdikulov_olim@guldu.uz
2005-2015 yy. – Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari va tarix fani o’qituvchisi.
2015-2016 yy. – Guliston davlat universiteti qoshidagi 1-Akademik litseyida tarix fani o’qituvchisi.
2016-2020 yy. – Keimyung University (Tegu, Janubiy Koreya) magistratura talabasi va mehnat faoliyati.
2021-2021 yy. – Guliston davlat universitetida Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i.
2021-2024 yy. – “El-yurt umidi” Jamg’armasi davlat stipendiyasining doktorantura dasturi asosida Rossiya Federatsiyasi Milliy tadqiqotlar Tomsk davlat universiteti aspiranti va Yevrosiyo tadqiqotlari markazining (Центр евразийских исследований ТГУ) ilmiy xodimi.
2024-2025 yy. – Guliston davlat universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining bosh mutaxassisi, Registrator ofisining “Xalqaro aloqalar va akademik mobillik” yo’nalishi menejeri.
2025 y. – h.v. – Guliston davlat universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo’limi boshlig’i.
O'zbekistonning eng yangi tarixi;
Manbashunoslik va tarixshunoslik.
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi maqsadi va faoliyatning asosiy yo‘nalishlari:
1. Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi universitet tarkibiy
qismi bo‘lib, u Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda universitet rektorining
buyrug‘i bilan tashkil etiladi.
2. Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar
tayyorlash bo‘limi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga va boshqa hujjatlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, normativ-huquqiy hujjatlari, ko‘rsatmalari, universitet ilmiy
kengash qarorlari, rahbarining buyruqlari, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Ilmiy tadqiqotlar,
innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi fan va ta’lim integratsiyasining bir turi
sifatida universitetda kadrlar tayyorlash, o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish,
ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalanish va aprobatsiya qilish, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar malakasini
oshirishni tashkil etish maqsadida ularning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Bo'lim hayotidan lavhalar
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



