Yoshlar parlamentining birinchi forumi bolib otdi
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Yoshlar parlamentining birinchi forumi bolib otdi

Joriy yilning 26-29 noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentning birinchi respublika forumi boʻlib oʻtdi. Boʻlib oʻtgan forumda viloyatlardan kelgan yoshlar parlamenti aʼzolari qatorida bizning Sirdaryo viloyatidan saylangan yosh deputatlar delegati ham tadbirda faol ishtirok etishdi.

Quvonarlisi shundaki, Yoshlar parlamenti aʼzolari orasida Guliston davlat universitetining iqtidorli talabasi Sirojidinov Maqsudbek Botirjon oʻgʻli  ham ishtirok etishi biz uchun faxr albatta.

Maʼlumot uchun aytib oʻtish joizki bizning viloyatda Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari soni jami 12 nafarni tashkil etadi va ushbu jamoa faoliyatiga Yoshlar parlamentining Sirdaryo viloyati koordinatori sifatida Maqsudbek Sirojidinov boshchilik qilib kelmoqda. Iqtidorli talabamizga kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Omad yor boʻlsin.


1738 | 2020-12-05 10:25

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2021