Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

14465

Jami talabalar soni

6932

Kunduzgi ta'lim

7202

Sirtqi ta'lim

20

Kechki ta'lim

285

Magistratura

26

Xorijiy talabalar

Guliston Davlat Universiteti Ilmiy indeksi

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Title


Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini
tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
: Abdunabiyev Baxrullo Abdunabiyevich

Qabul kunlari: Dushanbadan, Jumagacha (9:00-17:00)

rus tili

+998 902-77-17

Yorqin_niqroy @mail.ru

2007 - 2007 yy. - Yog‘och xamashyo materiallarini tayyarlovchi xodimi
2008 - 2012 yy. - O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti talabasi
2012 - 2013 yy. - Boyovut-Arnasoy irrigatsiya tizimi bohqarmasi ishchisi
2013 y. -h.v. - Guliston davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi uslubchisi
2020 y. -h.v. - Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
- -
- -



Bo‘limining vazifalari:


1.1 Nizom, Oʻzbekiston Respublikasining Taʼlim toʻgʻrisidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan va unda iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash tartibi hamda ular bilan maqsadli ishlashning shakl va uslublari belgilangan.
Iqtidorli yoshlar – Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqiyotini hamda uning jahon hamkengashida munosib oʻrin egallashini taʼminlovchi muhim omil hisoblanadi.
1.2 Iqtidorli talabalar maxsus psixologik, pedagogik sinovlar asosida aniqlanadi. Ular ilm va fanga intilishi, qatʼiylik va mehnatsevarlik kabi fazilatlari hamda erkin fikrga ega ekanligi bilan ajralib turadilar.
1.3 Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashning asosiy maqsadi – respublikaning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual yoshlarni tayyorlash va bu borada yuksak isteʼdod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yoʻnalishlari boʻyicha oʻz tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, oʻzlaridagi noyob isteʼdodni ruyobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratiùdan iborat.
1.4 Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash vazifalari:
- iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatiga, chuqur bilim olishga va qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish;
- malakali professor-oʻqituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individual ishlashga jalb etish;
- ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni keng jalb etish;
- iqtidorli talabalar boʻyicha universitet monitoringini shakllantirish;
- maxsus oʻquv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;
- buyurtmachilar talablarini qondiruvchi malakali, har tomonlama kamol topgan yosh kadrlarni tayyorlash.
2. Iqtidorli talabalarni izlash va aniqlash hamda ular faoliyatining
asosiy yoʻnalishlari;
2.1. Guliston davlat universitetida iqtidorli talabalarni izlash oʻqishning dastlabki kunlaridan, birinchi kursligidan tanlab olinib, kasbga yoʻnaltirish ishlari amalga oshiriladi.
2.2. Iqtidorli talabalar, boshlangʻich bilimlar hisobga olingan holda, psixologik va pedagogik sinovlar oʻtkazish orqali hamda ilm-fanga intilishi rivojlanganlik darajasiga qarab aniqlanadi.
2.3. Aniqlangan iqtidorli talabani maqsadli tayyorlash quyidagi oʻquv-ijodiy, tarbiyaviy masalalar va yoʻnalishlardan iborat:
- kengaytirilgan oʻquv rejasi boʻyicha oʻqish va qoʻshimcha malakaga ega boʻlish (tanlangan yoʻnalish boʻyicha: chet tilidan tarjimon; kompyuter dasturchisi; kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi va hakozo);
- maqsadli dastur boʻyicha yakka tartibda (individual) oʻrgatish;
- chuqurlashtirilgan dastur boʻyicha oʻqitish (fundamental fanlar; umumkasbiy fanlar; menejment, marketing, audit; huquqiy fanlar; ekologiya va boshqalar);
2.4. Buyurtmachilar talablariga asoslangan holda GulDU iqtidorli talabalarning kasbiy yoʻnalishi, oʻquv-ijodiy va tarbiyaviy tayyorgarligining qoʻshimcha yoʻnalishlarini belgilashi va taʼlim xizmatlarini joriy etishi mumkin.
2.5. Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash dasturlarida quyidagi omillar nazarda tutiladi:
- fanlarni yuqori darajada oʻzlashtirish;
- kompyuter bilimdonligi hamda dasturlashtirishdagi amaliy koʻnikmasi;
- chet tillaridan birini puxta egallash;
- kurs va bitiruv ishlarini hamda magistrlik dissertatsiyasini yozishda kompyuter va chet tilidan samarali foydalanish;
- ilmiy-ijodiy ishlarni bajarish jarayonida mustaqil fikrlash, yangi fikr va mulohazalarni bildirish, amalda tatbiq etish;
- soha boʻyicha mustaqil bilim olishga yoʻnaltirish va ilm-fan sohasidagi yangiliklarni tezkorlik bilan egallash xususiyatlarini shakllantirish;
- davlatning ichki va tashqi siyosatini anglay oladigan va oʻz fikr mulohazasini bildira oladigan, vatanparvar, barkamol inson etib shakllantirish.
3. Iqtidorli talabalar bilan ishlovchi rahbar va professor-oʻqituvchilarni tanlash;
3.1. Iqtidorli talabalarga dars berishga, ularga rahbarlik qilishga universitet kafedralarining ilmiy darajali va talabani maqsadli tayyorlash dasturi boʻyicha yetarli bilimga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilari jalb etiladi.
3.2. Iqtidorli talabalarga ilmiy rahbar etib, ijodiy va uslubiy ishlash tajribasiga ega boʻlgan, oʻquv-uslubiy va ilmiy faoliyati boʻyicha reytingi yuqori boʻlgan professor va dotsentlar hamda yuqori malakali oʻqituvchilar tayinlanadi.
3.3. Iqtidorli talabalar ilmiy rahbarlarining asosiy vazifalari:
- iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash dasturini tuzish va uni amalga oshirishga rahbarlik qilish;
- iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻyicha yetakchi xorijiy davlatlardagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish va ularni oʻz faoliyatida qoʻllash;
- yangi pedagogik texnologiya, kompyuter texnologiyasi va video-audio texnikalarini oʻquv jarayonida keng qoʻllash;
- maqsadli dasturni muvaffaqiyatli bajarayotgan iqtidorli talabalarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish boʻyicha maʼmuriyatga takliflar kiritish.
4. Iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etish;
4.1. Iqtidorli talabalar bilan ishlashning shakl va uslublari:
- oʻqitishni individuallashtirish;
- talabalarning intellektual salohiyati va qobiliyat imkoniyatlarini bilim olishga yoʻnaltirish;
- talabalar qobiliyatini rivojlantirish uchun maksimal shart-sharoitlar yaratish.
4.2. Psixologik va pedagogik sinovlar asosida iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning roʻyxatini tuzish hamda ilmiy rahbar va maslahatchilarni belgilash.
4.3. Iqtidorli talabalar bilan ishlashni sifatli tashkil etish maqsadida universitet, fakultet va kafedralarda quyidagi ujjatlarni yuritish zarur:
- Iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimining Nizomi;
- Iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimining ish rejasi;
- yillik hisobotlar;
- Iqtidorli talabalarga oid rektorning buyruqlari;
- fakultet, kafedralar boʻyicha iqtidorli talabalar roʻyxati;
- murabbiylarning iqtidorli talabalar boʻyicha bergan tavsiyalari va unga ilova qilgan hujjatlar va fotolavhalar;
- konferensiya, olimpiada, tanlov, viktorina oʻtkazilishda iqtidorli talabalarni faol ishtiroki va uni rasmiylashtirish;
- Iqtidorli talabalar izlash va ularni maqsadli tayyorlashga tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Maxkamasining Qarorlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyruqlari va hayʼat qarorlari;
- xat va arizalarni qayd etish kitobi.
4.4. Maqsadli tayyorlashning oʻquv-ijodiy va tarbiyaviy dasturi iqtidorli talaba tomonidan tanlanadi va uning bajarilishi boʻyicha nazorat muddatlari koʻrsatilgan shaxsiy oʻquv reja va ilmiy-ijodiy ishlar rejasi tuziladi hamda fakultet ilmiy kengashi tavsiyasiga binoan universitet rektorining farmoyishi bilan tasdiqlanadi.
4.5. Ilmiy rahbar Iqtidorli talaba va chuqurlashtirilgan holda oʻrganilishi nazarda tutilgan fan oʻqituvchilari bilan hamkorlikda qoʻshimcha ishchi dastur va kalendar - tematik rejasini tuzadi.
4.6. Yuqori koʻrsatgichlarga erishgan iqtidorli talabalarga ITBIB tavsiyasiga binoan, ayrim fanlar boʻyicha darslarga oʻqituvchining roziligi bilan erkin qatnashish huquqi berilishi mumkin.
4.7. Har oʻquv yilining yakunida iqtidorli talabaning qobiliyati, oʻquv-ilmiy va boshqa sifatlarining reytingi aniqlanadi hamda uning shaxsiy yigʻma jildiga tikiladi.
4.8. Har oʻquv yili boshida toʻgarak ish rejasi fakultet dekani tomonidan
tasdiqlanadi.
4.9. Oʻquv yilining har semestri oxirida toʻgarak oʻz faoliyati natijalari
boʻyicha kafedra yigʻilishida hisobot beradi.
4.10. Toʻgarak oʻz faoliyatini universitetning iqtidorli talabalar bilan
ishlash Nizomi asosida tashkil etadi hamda olib boradi.
4.11. Toʻgarak oʻz faoliyatini Yoshlar ittifoqi tashkiloti hamda
kafedralarning taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida
muassasa, korxona va tashkilotlar va ITIlari bilan birgalikda tashkil etadi.
5. Iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimining vazifalari:
- iqtidorli talabalarni aniqlash va ular bilan ishlashni tashkil etish;
- taʼlim olayotgan iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatini muntazam ravishda aniqlab borish;
- iqtidorli talabalarning moyilligiga qarab, ularni maqsadli tayyorlashni uyushtirish;
- chet tili va kompyuterni mukammal egallash maqsadida mashgʻulotlar tashkil etish;
- fundamental ilmiy-tadqiqot ishlariga, ilmiy toʻgaraklarga, grant loyihalari va mualliflik jamoalariga jalb qilishni uyushtirish;
- iqtidorli talabalarni ilmiy maqolalarini chop etishda hamda ularning ilmiy ishlari va ilmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy etishda koʻmaklashish;
- iqtidorli talabalarni respublika va xalqaro miqyosda oʻtkaziladigan ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini taʼminlash hamda xorijiy davlatlarga oʻqishga va stajirovkaga yuborishni tashkil etish;
- iqtidorli talabalardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalariga nomzodlarni maxsus tayyorlash;
- iqtidorli talabalarni ilm va fan arboblari, ishlab chiqarish korxonalarining rahbarlari va yirik mutaxassislari bilan uchrashuvlarini tashkil etish;
- iqtidorli talabalar uchun ixtisoslik boʻyicha kasbga yoʻnaltirish oʻyinlarini tashkil etish;
- iqtidorli talabalar oʻrtasida muntazam ravishda sotsiologik tadqiqotlarni oʻtkazib turish;
- marketing tadqiqotlari, buyurtmachilar talablarini chuqur oʻrganish va tashkil qilayotgan taʼlim xizmatlari banki asosida iqtidorli talabalarga bozor konyukturasini belgilovchi fanlarni tanlaùda yordam koʻrsatish;
- zamonaviy axborot tizimidan foydalanishga shart-sharoitlar yaratish.
6. Iqtidorli talabalar va ularning rahbarlarini ragʻbatlantirish va taqdirlash;
6.1. Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash dasturiga sarflanadigan harajatlar universitetning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
6.2. Yuqori koʻrsatgichlarga erishgan, iqtidorli talabalar hamda oʻz vaziflarini sidqi dildan, muddatida bajarganida, kafedra mudirining tavsiyasiga asosan, maʼmuriyat tomonidan moddiy va maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantirilishlari va taqdirlanishlari mumkin.
6.3. “Iqtidorli talabalarni qoʻshimcha ravishda ragʻbatlantirish universitetning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kengaytirilishi mumkin.
6.4. Buyurtmachi korxona, tashkilot va muassasa iqtidorli talabalarga qoʻshimcha stipendiya belgilashlari mumkin.
6.5. Iqtidorli talabalar bilan ishlashda yuqori natijalarga erishgan (olimpiada, tanlov, talabalar ilmiy ishlari koʻrigida gʻolib chiqqan, ilmiy maqolalari chop etilgan va hokazo) ilmiy rahbar, konsultant va oʻqituvchilar «Iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimi” tomonidan quyidagi ragʻbatlantirish va taqdirlashga tavsiya etiladilar:
- vazirlik va oliy oʻquv yurtining buyrugʻi bilan tashakkurnoma eʼlon qilish;
- qoʻshimcha oylik maosh belgilash (agar umumiy reytingi ham yuqori boʻlsa);
- oʻquv yili yakuni boʻyicha uch oylik maosh miqdorida mukofotlash;
- faxriy unvonlarga tavsiya etish;
- chet elga stajirovka va tajriba almashishga yuborish;
- dam olish maskanlari va sanatoriyalarga yoʻllanma berish;
- buyurtmachi tashkilot iqtidorli talabalarning ilmiy rahbarlari, maslahatchilari va oʻqituvchilariga qoʻshimcha oylik maosh belgilashi mumkin.

1946 | 2023-12-09 15:37

QABUL-2024 o'qishni ko'chirsh

QABUL-2024

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish 2024

Abituriyentning ijodiy (kasbiy) imtihon axborot varaqasi
Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi

2024-2025 o'quv yilida o'tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihon manzillari geolakatsiyasi

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news