O’zbekiston yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlang’ich tashkiloti
Boshlang’ich tashkilotning yoshlar yetakchisi: Zikriyayev Zokir Mamirovich
Qabul vaqti: Har kuni soat 9:00-17:00
Telefon: +998 90 1076633
E-mail: Zikriyaev1988@umail.uz
Yoshlar ittifoqining tashkil etilishi: O’zbekiston yoshlar ittifoqi “Kamolot” YoIHning 2017- yil 30- iyun kunidagi IV qurultoyi qaroriga asosan tashkil etilgan. O’zbekiston yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlang’ich tashkiloti 2017- yil 4- sentyabr kunidagi boshlang’ich tashkilotning 1-sonli ta’sis yig’ilishida tashkil etilgan hamda ittifoqning Guliston shahar Kengashi tomonidan ro’yxatga olinib, G01258 sonli guvohnoma berilgan.
Ittifoqning asosiy maqsadi:
Yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O’zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro’yobga chiqarishga ko’maklashishdan iborat.
Ittifoqning asosiy vazifalari:
Yoshlar iitfoqiga a’zolikka qabul qilish
Ittifoq a’zolarining huquqlari:
– umumiy yig’ilishlar, konferensiyalar, Qurultoy, Ittifoqning rahbar organlari yig’ilishlari va Ittifoqning bosma davriy nashrlarida masalalarni muhokama qilish chog’ida o’z fikrini erkin ifoda etish;
– shaxsan yoki o’z vakili orqali Ittifoqning saylanadigan organlari qarorlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
– Ittifoqning saylanadigan rahbar organlari va nazorat-taftish organlariga saylash va saylanish;
– Ittifoq organlari faoliyati to’g’risida ma’lumotlar olish, o’zlariga taalluqli bo’lgan masalalarni muhokama qilishda Ittifoq organlari faoliyatida ishtirok etish va fikr bildirish;
– Ittifoq faoliyatida Ustav va Dastur doirasida ishtirok etish, Ittifoqning har qanday rahbar organiga ariza va takliflar bilan murojaat etish.
Ittifoq a’zolarining asosiy majburiyatlari:
– Ittifoqning Ustav maqsadlarini amalga oshirishda qatnashish;
– yoshlar o’rtasida va jamiyatda Ittifoqning ta’siri va nufuzini oshirish;
– Ittifoq rahbar organlari, boshlang’ich tashkilotlarning umumiy yig’ilishlari, shuningdek, Kengashi yig’ilishlari qarorlarini bajarish;
– Ittifoqning boshlang’ich tashkiloti faoliyatida faol qatnashish.
Yoshlar ittifoqiga Davlat tomonidan yaratilgan sharoit va imkoniyatlar
2017- yil 30- iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi IV qurultoyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning taklifiga binoan “O’zbekiston yoshlar ittifoqi” tuzildi. O’z navbatida 2017 -yil 5- iyul kuni “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi PF-5106-sonli Prezident farmoni imzolandi. Ushbu farmonga muvofiq mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog’lom barkamol avlodni voyaga yetakazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida aniq chora-tadbirlar tuzilgan.
O’zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun 30- iyun sanasi yurtimizda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinishi ham mamlakatimiz yoshlari hayotida muhim o’rin egalladi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 18- iyuldagi “O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3138 sonli qarori imzolandi.
Yana bir quvonchli xabar mamlakatimizda buyuk ajdodlarimizga munosib bo’lgan, mardlik va jasorat, qat’iyyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi fao’ilatlarga ega mard o’g’lonlarimizni tarbiyalash hamda jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, shijoatli va fidoyi yigitlarni rag’batlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21- noyabrdagi “Mard o’g’lon” davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3402 sonli qarori imzolandi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 -yil 23- sentyabrdagi “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashda qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi ¹ 753-sonli qarori, 2017- yil 12- oktyabrdagi “Qoraqalpog’iston Respublikasi yoshlar ittifoqi Kengashi raisini, viloyat, shahar, tuman Kengashlari raislarini va O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi xodimlarini moddiy rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” ¹ 818-sonli Qaroriga asosan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini 10 yilgacha, dastlabki badal summasi avtotransport vositasi qiymatining 15 foizi miqdorida berilishini alohida ta’kidlab o’tish joiz.
Bu kabi imtiyozlardan yana biri Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi “O’zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to’g’risida”gi ¹ 914-sonli Qarori yurtimiz yoshlari hayotida chinakkam quvonchli hushxabar bo’ldi.