“Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Guliston davlat universiteti Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti Xotin-qizlar kengashi raisi D.Turabekova tashabbusi bilan Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi talaba-qizlari ishtirokida “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida, universitet Xotin-qizlar kengashi raisi N.Sultonova, fakultet tyutorlari, G.Tuxtamishova, N.Sherqulova hamda Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi talaba-qizlari ishtirok etishdi.
Suhbatni, universitet Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi N.Sultonova kirish so‘z bilan ochdi. Shundan so‘ng fakultet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi D.Turabekova so‘zga chiqib, erta turmush qurishning salbiy oqibatlari haqida ma’ruza qildi. Davra suhbati davomida N.Sherqulova va G.Tuxtamishovalar so'zga chiqib, erta nikoh, erta tug‘ruq va turmushning salbiy oqibatlari haqidagi fikr mulohazalari bilan o'rtoqlashishdi. Suhbat davomida talaba qizlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
