Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi
Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi, Oliy ta’lim va innnovatsiyalar hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti xotin qizlar kengashi raisi L.A.Yettibayeva hamkorligida tashkil etilgan forumda viloyatimizning barcha hududlaridan kelgan oliy taʼlim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, olima ayollar, yoshlar ishtirok etdi.
Forumda “Ayollarning ilm-fandagi faolligini oshirish masalalari”, “Yangilanayotgan Oʻzbekistonda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar”, “Oliy taʼlim muassasalarida talaba qizlarni mustaqil hayotga tayyorlashda oila va mahalla hamkorligi uzviyligini taʼminlash mexanizmlari” kabi mavzularda olima ayollar o‘z ma’ruza va chiqishlari bilan ishtirok etishdi.
Shuningdek, forum doirasida fidoiy soha vakillari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Forum yakunida ishtirokchilarga konsert dasturi hamda "O'zbek qizi" badiiy filmi namoyish etildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
