Oila muqaddas dargoh
Oila — bu insonning eng muqaddas va qadrli dargohidir. Unda mehr-oqibat, sadoqat va o‘zaro hurmat hukm suradi. Har bir a’zo bu dargohning tinchligi va farovonligi uchun mas’uldir. Oila insonning hayotdagi tayanchi, yutuqlarining asosi bo‘lib, jamiyatning mustahkam bo‘lishida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli, oila har doim e’zozlanishi va asrab-avaylanishi lozim bo‘lgan bebaho boylikdir.
O‘zbekistonda Oila kuni 15-may kuni nishonlanadi. Bu sana 1994-yilda BMT tomonidan Xalqaro oila kuni deb e’lon qilingan bo‘lib, oila institutini mustahkamlash va uning ahamiyatini yuksaltirish maqsadida butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi. O‘zbekistonda ham bu kunda oilaning qadriyatlari, jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi.
Shu munosabat bilan 15.05.2024 kuni Tabiiy fanlar fakulteti xotin qizlar kengashi raisi Yettibaeva Lolaxon Abdumalikovna fakultet talaba qizlari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
