Ilm-fanda ayollar: natijalar va yangi marralar
Joriy yilning 11-fevral kuni Guliston davlat universitetida “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusidagi ilmiy-amaliy tadbirlar haftaligi doirasida “O‘zbekistonda ayol olimalar: yutuqlar va imkoniyatlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir ayollarning ilm-fan sohasidagi o‘rni, erishayotgan yutuqlari hamda kelgusidagi istiqbolli imkoniyatlarini muhokama qilishga bag‘ishlandi. Seminarni universitet Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo'yicha prorektori D.D.Eshmurodov ochib berdi. Seminar davomida bir qator professor-o'qituvchilar talaba yoshlar tomonidan universitetimizda faoliyat yuritayotgan olima ayollarning ilmiy izlanishlari, innovatsion g‘oyalari va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissalari to'g'risida ma'ruzalar qilindi. Tadbir yakunida ilmiy faoliyati, tashabbuskorligi va namunali mehnati bilan ajralib turgan bir guruh faol olima ayollar hamda iqtidorli talaba-qizlar universitetning Tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.







Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


