TTJ da ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

15.04.2026 yil kuni universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Sultonova hamda universitet XQMB inspektori S.Tursunboyevalar hamrohligida "15-may Xalqaro oila kuni" munosabati bilan qizlarda oliyjanob axloqiy fazilatlar, yuksak ma’naviyat va keng dunyoqarashni shakllantirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida talabalar turar joyida istiqomad qilayotgan talaba-qizlar ishtirokida uchrashuv o'tkazildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – qizlarda oliyjanob axloqiy fazilatlarni shakllantirish, yuksak ma’naviyatni qaror toptirish hamda keng dunyoqarashni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilarga o‘zaro hurmat, mas’uliyat, sabr-toqat kabi muhim qadriyatlarning ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, hayotiy tajribalar, foydali tavsiyalar va samimiy fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?