“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Guliston shahridagi X.Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Mustaqillik darsi tashkil etildi.
Tadbirda Guliston davlat universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, Biologiya kafedrasi dotsenti, PhD Sultonova Nigora Muhammadkodirovna ishtirok etib, o‘quvchilarga Mustaqillikning xalqimiz hayotidagi tarixiy ahamiyati, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.
Dars davomida o‘quvchilar bilan Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, birlik va hamjihatlik, tinchlik va farovonlik kabi qadriyatlar yuzasidan mazmunli suhbat va fikr almashildi.
Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, kelajagimizning mustahkam poydevoridir!




Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


