Registrator ofisi

Hujjat

Sarlavha


Registrator ofisi boshligʻi: IRSALIYEV FURQAT

Rus, ingliz tillari

+998973311200

furqatirsaliyev@gmail.uz

-- --

---

----


Maʻlumotlar bazasi boʻlimi boshligʻi:Xasanov Baxrom Boktiboyevich

Turk, rus tillari

+998933264500

: xbahrom@gmail.com

2005-2009 yy. - Guliston davlat universiteti talabasi
2008-2011 yy. - "Kelajak ovozi" yoshlar tashabbuslari markazi Sirdaryo viloyati boʻlimi koordinatori yordamchisi
2011-2013 yy. - "Kelajak ovozi" yoshlar tashabbuslari markazi Sirdaryo viloyati boʻlimi koordinatori
2014-2014 yy. - Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari markazi, lokal tarmoq va baza administratori
2014-2016 yy. - Guliston davlat universiteti magistranti
2016-2017 yy. - Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari markazi, lokal tarmoq va baza administratori
2017-2021 yy. - Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari markazi, "Axborot tizimlarini joriy etish" boʻlimi boshligʻi
2021-2022 yy. - Guliston davlat universiteti Raqamli taʻlim texnologiyalari markazi, "Raqamli taʻlim texnologiyalarini joriy etish" boʻlimi boshligʻi
2022-2025 yy. - Guliston davlat universiteti Oʻquv-uslubiy boshqarmasi, tizimli maʻmurlashtirish sektori taʻlim krediti bosh mutaxassisi
2025 y. - h.v. - Guliston davlat universiteti Registrator ofisi Maʻlumotlar bazasi boʻlimi boshligʻi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi, Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) 01.03.2025 yildan 30.03.2025 yilgacha.

Qishloq xoʻjaligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Tibbiyotda axborot texnologiyalari


Talabalarga xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi:Shapulatov Oʻtkirjon Muxammadiyevich

Rus, ingliz tillari

+99(899) 537-15-87

utkirjon.shapulatov@gmail.com

2008-2012 yy. - Guliston davlat universiteti talabasi
2013-2014 yy. – Paxtakor maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida kimyo fani oʻqituvchisi.
2014-2016 yy. - Guliston davlat universiteti magistranti
2017-2018 yy. - Guliston davlat universiteti Kimyo kafedrasi mudiri
2018-2020 yy. - Guliston davlat universiteti Kimyo fakulteti 02.00.10-Bioorganik kimyo ixtisosligi boʻyicha aspiranti.
2020-2024 yy. Guliston davlat universiteti Kimyo fakulteti, biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
2024 y. Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari
2025 yil 3 yanvardan boshlab Registratura, Talabalarga xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi.

Oliy maktab kadrlarni qayta tayyorlanash va malakasini oshirish instituti, 2023 yil 2 oktyabrdan 2023 yil 30 oktyabrgacha.

Kimyoda kompyuter modellashtirish, Bioorganik kimyo, Tadqiqotning fizik usullari, Analitik, fizik va bioorganik kimyo

Registrator ofisi faoliyati:

   - Oliy taʻlim muassasasidagi "Registrator ofisi" talabalarni tizimda shakllantirish, oʻquv jarayonini tashkil etish, talabalarga xizmat koʻrsatish, akademik faoliyatni tashkil etish, taʻlim jarayonining ochiqligi va shaffofligini taʻminlash, tizimdagi byurokratik toʻsiqlarning oldini olish, tahliliy maʻlumotlarni shakllantirish hamda qarorlar qabul qilish jarayonini optimallashtirish bilan bogʻliq vazifalarni bajaradi. "Registrator ofisi" oliy taʻlim muassasasi tuzilmasining tarkibiy qismi hisoblanadi.

   - Ofis oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining "Taʻlim toʻgʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligining qaror va buyruqlari, muassasa ustavi, Kengash qarorlari, oliy taʻlim muassasasi rektorining buyruqlari hamda oliy taʻlim muassasasi Registrator ofisi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiradi.

   - "Registrator ofisi"ning asosiy tuzilmasi quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:

  1. Xizmat koʻrsatish boʻlimi (front office)
  2. Maʻlumotlar bazasi boʻlimi (back office)

 

Registrator ofisi tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlari:

  1. QR-kodli diplomni shakllantirish;
  2. Akademik maʻlumotnoma va transkript berish;
  3. Akademik mobillik asosida boshqa oliy taʻlim muassasalariga oʻtkazilgan talabalar uchun hujjatlarni rasmiylashtirish;
  4. Bitiruvchilar uchun aylanma varaqasini (obxodnoy) yaratish;
  5. Diplom dublikatini olish uchun ariza topshirishda koʻmaklashish;
  6. Imtihon natijalari boʻyicha apellyatsiya arizalarini qabul qilishni tashkil etish;
  7. Imtihonlar roʻyxatini shakllantirish va uni talabaga taqdim etish;
  8. Oliy taʻlim muassasasi talabalariga oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash boʻyicha ariza topshirishda koʻmaklashish;
  9. Abituriyentlarga oliy taʻlim muassasalariga ikkinchi oliy taʻlimga kirish uchun onlayn ariza topshirishda koʻmaklashish;
  10. Abituriyentlarga oliy taʻlim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirishda koʻmaklashish;
  11. Xohlovchilarga oliy maʻlumot toʻgʻrisidagi diplom maʻlumotlarini qoʻshish yoki tahrirlash boʻyicha ariza topshirishda koʻmaklashish;
  12. Stipendiyalar va boshqa grant tanlovlarida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish;
  13. Talabalarga ularning GPA (oʻrtacha ball) toʻgʻrisida maʻlumotnoma berish;
  14. Amaldagi qoidalarga muvofiq talabalarning sababli yoki sababsiz dars qoldirish holatlarini qayd etish;
  15. Uzrli sabablarga koʻra (kasallik, yaqin qarindoshining kasalligi yoki vafoti, tugʻruq va h.k.) oraliq va (yoki) yakuniy nazoratlarda qatnasha olmagan talabalar uchun yakka tartibdagi (individual) grafik yaratish;
  16. Talabalarning hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish;
  17. Talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish;
  18. Talabalarga qayta oʻqish uchun ariza topshirishda koʻmaklashish;
  19. Talabalarga turli xil maʻlumotnomalar (oʻqish joyidan, harbiy boʻlimdan va h.k.) berish;
  20. Talabalarga oʻquv varaqasini taqdim etish;
  21. Talabalarga fanlar boʻyicha resurslar haqida maʻlumot berish;
  22. HEMIS platformasida talabalarni keyingi kursga oʻtkazish;
  23. Talabalarga ularning oʻzlashtirishi haqida maʻlumot berish;
  24. Joriy, oraliq nazoratlar va davomat natijalariga koʻra talabalarga yakuniy nazoratlarda qatnashishga ruxsat berish;
  25. Talabalarning parollarini tiklash;
  26. Tyutorlar tomonidan toʻldiriladigan talabalarning shaxsiy va oʻquv maʻlumotlarini tahrirlash;
  27. Talabalik guvohnomalarini tayyorlash va berish;
  28. Talabani bir guruhdan boshqasiga oʻtkazish;
  29. Tashqi xizmatlar: roʻyxatni shakllantirish uchun ijtimoiy himoya reyestri va ayollar daftarida roʻyxatda turgan talabalar yagona reyestri bazasi bilan sinxronizatsiya qilish;
  30. Oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan, oʻqishi tiklangan yoki kursda qoldirilgan talabalar uchun oʻquv rejalaridagi fanlar farqini aniqlash;
  31. Oʻquv dasturlari haqida maʻlumot berish;
  32. Talabalarga talabalar turar joyiga (yotoqxona) joylashish uchun ariza topshirishda koʻmaklashish;
  33. Talabalarga ijara muddatini qoplash uchun subsidiya olishga ariza topshirishda koʻmaklashish;
  34. Oʻqish joyi toʻgʻrisida ingliz tilida maʻlumotnomalar berish;
  35. Turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari (mahalliy va xorijiy OTMlar bilan) haqida maʻlumot berish;
  36. Xorijiy talabalarni elektron tizimda roʻyxatdan oʻtkazish va ularni fanlarga biriktirish;
  37. Xorijiy oliy taʻlim muassasalarida tahsil olish boʻyicha maslahatlar berish;
  38. Xorijiy talabalar uchun viza xizmatlarini koʻrsatish;
  39. Xorijiy talabalar uchun toʻlov-kontrakt shartnomalarini taqdim etish;
  40. Xorijiy talabalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish xizmatlarini amalga oshirish;
  41. Xorijiy talabalarni qabul qilish boʻyicha maslahatlar berish, arizalar va zarur hujjatlarni koʻrib chiqish;
  42. Qayta oʻqish uchun shartnoma blankasini berish;
  43. Talabalar turar joyiga joylashish uchun shartnoma va yoʻllanma berish;
  44. Stipendiyalar haqida maʻlumotnoma berish;
  45. Hisob-kitob varaqasini shakllantirish;
  46. Talabalarga toʻlov shartnomasini olish uchun ariza topshirishda koʻmaklashish;
  47. Talabaning yotoqxona shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va ortiqcha toʻlovlari haqida maʻlumot berish;
  48. Talabaning qayta oʻqish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va ortiqcha toʻlovlari haqida maʻlumot berish;
  49. Talabaning toʻlov-kontrakt shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va ortiqcha toʻlovlari haqida maʻlumot berish;
  50. Toʻlov-kontrakt shartnomasi summasi haqida maʻlumot berish;
  51. Bitiruvchilar uchun kelgusi ish oʻrinlari haqida batafsil maʻlumot berish, boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini tashkil etishda koʻmaklashish;
  52. Grantlar va tanlovlar haqida maʻlumot berish.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?