Reja-moliya bo'limi

Reja-moliya bo'limi boshlig'i: Kadirov Jamshid Abdurazzakovich
Qabul kunlari: Seshanba, Juma (15:00, 17:00)
Rus tili
225-06-29
2005-2006 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston shahar Davlat soliq inspektsiyasi bosh inspektori
2006-2010 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston davlat universiteti talaba
2010-2010 yy. - DT “Xalq banki” Guliston shahar filiali yetakchi mutaxassisi
2010-2011 yy. - DT “Xalq banki” Guliston shahar filiali sho'ba boshligi
2011-2011 yy. - DT “Xalq banki” Guliston shahar filiali bosh hisobchi o‘rinbosari
2011-2012 yy. - Sirdaryo viloyati bo‘yicha gaznachilik boshqarmasi Moliyaviy majburiyatlarni va to‘lovlarni ro‘yxatga olish guruhi nazoratchisi
2012-2012 yy. - Sirdaryo viloyati bo‘yicha gaznachilik boshqarmasi Moliyaviy majburiyatlarni va to‘lovlarni ro‘yxatga olish guruhi boshligi o‘rinbosari
2012-2018 yy. - Sirdaryo viloyati nazorat-taftish boshqarmasi hisobchi-taftishchisi, tashkiliy-uslubiy ishlar bo‘limi nazoratchi-taftishchisi, moliyaviy nazoratni tashkil etish va sifatini baholash bo‘limi boshligi
2018-2019 yy. - Vaqtincha ishsiz
2019-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyati boshqarmasi moliya-xo‘jalik bo‘limi depozit hisobvaraqlari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi
2019-2020 yy. - Byuroning Sirdaryo viloyati boshqarmasi hujjatli tekshiruvlar sho‘basi bosh taftishchisi
2020-2024 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyati boshqarmasi taftishchisi
2024-2025 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi Korruptsiyaga qarshi kurashish compliance nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi
2025 y. – h.v. – Guliston davlat universiteti Reja-moliya bo‘limi boshligi

Bosh mutaxassis: Xodjanazarov Erkinjon Mirsaidovich
Rus tili
225-06-29
2011-2012 yy.- Guliston tuman moliya bo'limi XTMMB maktabgacha ta`lim va maktabdan tashqari moliyaviy xisob operatsiyalari sektori xisobchisi
2012-2014 yy.- Guliston tumani moliya bo'limi Byudjet bo'limi Bosh iqtisodchi
2014-2015 yy.- Guliston tumani moliya bo'l'imi Byudjet xisobi va xisoboti sektori bosh xisobchi o'rinbosari
2015-2016 yy. - Guliston tuman moliya bo'limi Sog'likni saqlash muassasalarini moliyalashtirish sektori bosh iqtisodchisi
2016-2017 yy.- Guliston tumani moliya bo'limi Daromadlarni prognozlashtirish va byudjetga tushumlarning taxlili bo'yicha bosh iqtisodchi
2017-2018 yy.- Guliston tumani hokimligi iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi
2018-2019 yy.- Guliston tuman hokimligi investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi
2019-2020 yy.- Majburiy ijro byurosi Guliston tuman bo'limi Qarzdorliklarni sudgacha undirish sho'basi inspektori
2020 y. x.v. - Sirdaryo viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Investitsiya dasturlarini shakllantirish, tahlil qilish va infratuzilmani rivojlantirish bo'limi bosh mutaxassisi
Bo'lim haqida
Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida ta`lim muassasalarini moliyalash, jumladan, oliy o'quv yurtlarida
o'qitish jarayonini zamon talablari darajasiga yetkazish, ya`ni, ularda ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish,
moddiy-texnika bazasini kengaytirishda Reja-moliya bo'limlari munosib hissasini qo'shib kelishmoqda. Reja-moliya
bo'limi universitetning alohida bo'limi bo'lib, bevosita rektorga boysunadi va bo'lim boshlig'i, 1- toifali
iqtisodchisi tomonidan faoliyat yuritiladi. Bo'lim o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi qonunlari, hukumat qaror
va farmoyishlari, Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligining buyruqlari va me`yoriy hujjatlari, universitetning ichki
tartib qoidalari va nizomiga, asoslangan holda ish yuritadi. Reja-moliya bo'limi universitetning iqtisodini
rejalashtiruvchi va moliyalashtiruvchi asosiy bo'lim hisoblanib, yillik daromad va xarajatlar smetasini tuzishda
hamda shtatlar jadvalini tayyorlashda ishtirok etadi.
Zero, bo'limimiz faoliyat yuritish jarayonidagi asosiy
maqsad universitetimiz jamoasini imkon qadar ijtimoiy himoya qilish, o'quv jarayonini yuqori saviyada o'tishi uchun
zaruriy o'quv jihozlari va texnologiyalari bilan ta`minlash, talabalar uylarida istiqomat qiladigan yoshlarning
yashash sharoitlarini yaxshilash bo'yicha rejalar ishlab chiqish hamda mazkur tadbirlarni amalga oshirishni
moliyalashtirishga qaratilgan. Shuningdek, universitetimiz iqtisodiy vaziyatini yaxshilash, mablag'larning samarali
sarflanishini ta`minlash, xarajatlarni belgilangan rejalar asosida amalga oshirish, ortiqcha sarflarga yo'l
qo'ymaslik bo'lim faoliyatining bosh mezoni hisoblanadi. Reja-moliya bo'limi faoliyatini takomillashtirish, byudjet
va byudjetdan tashqari mablag'larining daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish, iqtisodiy tahlil o'tkazish,
namunaviy shtatlar jadvalini to'g'ri yuritishni nazorat qilish hamda universitet faoliyatini muntazam
moliyalashtirib borishdan iborat.
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETINING REJA-MOLIYA BO'LIMINING VAZIFALARI VA BAJARAYOTGAN ISHLARI:
- OTMning barcha moliyaviy smetalarini tayyorlash uchun kerakli ma`lumotlarni to'plash va tahlil qilish;
- Byudjet
va byudjetdan tashqari mablaglarni xarajatlar smetasidagi moddalar boyicha tahlil etish;
- Smetada ko'rsatilgan
mablag'lardan o'z maqsadlari yo'lida to'g'ri foydalanishni, o'rinsiz yoki ortiqcha xarajatga yo'l qo'ymaslikni
nazoratga olish.
- Universitet hududi va binolaridagi bo'sh joylarni ijaraga berish bo'yicha ijarachilar bilan
ijara va kommunal to'lov shartnomalarini o'z vaqtida rasmiylashtirish;
- Ijaraga oluvchilar tomonidan ijara va
kommunal to'lovlarni o'z vaqtida to'lanishini nazorat qilish;
- Har chorakdan keyingi oyning 10-sanasigacha ijara
markaziga universitet hududi va binolaridagi bo'sh joylar va ijarada o'tirgan ijaraga oluvchilar to'g'risida
ma`lumot tayyorlash va taqdim etib borish;
- Universitetning Xodimlar bo'limiga universitet bo'yicha vakant
lavozimlar to'g'risidagi ma`lumotni har oyning 30-sanasigacha topshirish;
- Xodimlar bo'yicha ishga qabul qilish
va ishdan bo'shatish haqidagi buyruqlarni o'z vaqtida qayd qilib borish orqali shtatlar soni monitoringini
yuritish;
- Har chorakdan keyingi oyning 10-sanasigacha universitetning Buxgalteriya bo'limiga xodimlar va
professor-o'qituvchilar keldi-ketdisi (stavka) bo'yicha hisobotni taqdim etish;
- Shahar statistika boshqarmasiga
chorak, yillik hisobotning 1-T (mehnat) shaklini tayyorlash va topshirish;
- Shahar statistika boshqarmasiga
boshqaruv xodimlari to'g'risidagi hisobotning 1-UP shaklini har chorakdan keyingi oyning 3-sanasigacha tayyorlash va
topshirish;
- Yilning 15 dekabr sanasigacha shahar statistika boshqarmasiga hisobotning 1-NX shaklini tayyorlash
va topshirish;
- Universitetning 19-sonli yosh ilmiy tadqiqotchilar yotoqxonasida istiqomat qiluvchilarning
kommunal to'lovlari bo'yicha hisob-kitobni amalga oshirish va o'z vaqtida to'lanishi ustidan monitoring olib
borish;
- Universitetda faoliyat ko'rsatayotgan xodim va professor-o'qituvchilarning er va mol-mulk solig'i
bo'yicha majburiyatlarini o'z vaqtida to'laganliklari to'g'risidagi ma`lumotnomalarni yig'ish;
- Har oyning
30-sanasigacha universitetning barcha bo'lim va dekanatlarida ishlovchi xodimlar uchun yozilgan tabellarni qabul
qilish va uni universitetning Buxgalteriya bo'limiga topshirish;
- Uzrli sabablar bilan ishda bo'lmagan xodim
vazifalarini vaqtincha bajarib borish;
- Bo'lim faoliyatiga taalluqli bo'lgan boshqa har xil topshiriqlarni
bajarish.
- Rejali hisobotlarni tayyorlash;
- Byudjet va byudjetdan tashqari mablag'lar xarajatlar smetasini
loyihasini tayyorlash;
- Byudjet va byudjetdan tashqari mablag'larni xarajatlar smetasidagi moddalar bo'yicha
tahlil etish;
- Smetada ko'rsatilgan mablag'lardan o'z maqsadlari yo'lida to'g'ri foydalanishni, o'rinsiz yoki
ortiqcha xarajatga yo'l qo'ymaslikni nazoratga olish.
- Xarajatlar smetasiga ish haqi uchun byudjetdan
ajratiladigan mablag'lar qonun hujjatlari bilan belgilangan lavozim maoshlari va bazaviy mehnatga haq to'lash
stavkalari, ularga qo'shimcha haq to'lash va ustamalar hamda amaldagi namunaviy shtatlar va shtat normativlariga
rioya etilgan holda kiritish;
- Stipendiya xarajatlari stipendiyalar miqdorlari va stipendiya bilan taminlash
tartibiga muvofiq hisoblash;
- Yagona ijtimoiy to'lovni to'lash xarajatlari, xarajatlar smetasiga belgilangan
stavkalardan va qonun hujjatlariga muvofiq yagona ijtimoiy to'lov to'lanadigan barcha to'lov summalaridan kelib
chiqqan holda kiritish;
- Xo'jalik xarajatlari, jumladan, kommunal xizmatlar uchun xarajatlar har bir tashkilotga
ko'rsatiladigan xizmatga o'tgan hisobot davridagi haqiqiy xarajatdan kelib chiqib yoki belgilangan limit (jismoniy
hajmlar) doirasida hamda narx va tariflarni hisobga olgan holda hisoblash;
- Tashkilotlarning binolar,
inshootlar, transport vositalaridan foydalanish, binolar va transport vositalari, shuningdek boshqa mulk ijarasi
bilan bog'liq xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan xarajatlar me`yori, limitlar va natural ko'rsatkichlardan
kelib chiqib aniqlash;
- Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun byudjet tashkilotlarining va byudjet
mablag'lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya
xizmatlarining jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya yilining 25 dekabrigacha tuziladi va
tasdiqlash;
- Guliston davlat universitetida mavjud byudjetdan tashqari, shu jumladan chin yetim, yetim, nogiron,
ijtimoiy muxtoj hamda temir daftar ro'yxatidagi oilalar farzandlari bo'lgan talabalarga moddiy tomondan yordam
berish choralarini tizimlli ravishda olib borish;
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
24-dekabrdagi Ilm-fan va ta`lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan
shug'ullanuvchi ilmiy darajaga ega bo'lgan xodimlarga qo'shimcha xaq to'lash tartibiga muvofiq smetaga mablag'larni
taqsimlash va nazorat olib borish.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



