So‘rovnoma natijalari
Guliston davlat universitetining 2026/2027 o‘quv yili
sentyabr oyi №2-sonli universitet Kengashiga qo‘yilgan Guliston davlat universiteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan
so‘rovnoma natijalari to‘g‘risida
MA’LUMOT
Guliston
davlat universiteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma bo‘yicha umumiy ma’lumot
Guliston davlat universiteti talabalaririning ta’lim
jarayoni, professor-o‘qituvchilar faoliyati, baholash tizimi, ta’lim
infratuzilmasi, elektron ta’lim xizmatlari hamda umumiy qoniqish darajasini aniqlash
maqsadida 2026-yil 14-sentayabrdan 20-sentyabrgacha universitet miqyosida so‘rovnoma
o‘tkazildi.
So‘rovnomada universitetning 9 ta fakulteti talabalari hamda
magistrlari ishtirok etdi. Talabalar hamda magistrlar tomonidan jami 5 938 ta so‘rovnoma
to‘ldirilgan.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra universitet bo‘yicha umumiy o‘rtacha
baho 5 ballik mezonda 4,24 ballni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich talabalar
hamda magistrlarning universitetdagi ta’lim jarayoni va yaratilgan
sharoitlardan umumiy qoniqish darajasi yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Fakultetlar kesimida eng yuqori umumiy natija Ishlab
chiqarish texnologiyalari fakultetida — 4,41 ball, eng past ko‘rsatkich esa
San’atshunoslik fakultetida — 4,06 ball qayd etilgan.
So‘rovnomada
ishtirok etish faolligi tahlili
|
Fakultet |
Ishtirok etgan guruhlar |
So‘rovnoma |
|
Axborot texnologiyalari va
fizika-matematika fakulteti |
40 |
739 |
|
Filologiya fakulteti |
53 |
1 314 |
|
Ishlab chiqarish texnologiyalari
fakulteti |
33 |
429 |
|
Psixologiya va ijtimoiy fanlar
fakulteti |
38 |
664 |
|
Raqamli
iqtisodiyot va innovatsiya fakulteti |
43 |
739 |
|
San’atshunoslik fakulteti |
15 |
166 |
|
Sport faoliyati fakulteti |
18 |
225 |
|
Tabiiy fanlar fakulteti |
53 |
873 |
|
Tibbiyot fakulteti |
73 |
789 |
|
Jami |
366 |
5 938 |
Eng ko‘p respondent Filologiya fakultetiga to‘g‘ri kelib,
unda 1 314 nafar respondent yoki jami javoblarning 22,1 foizi qatnashgan.
Shuningdek, Tabiiy fanlar fakulteti — 873 nafar (14,7 %), Tibbiyot fakulteti —
789 nafar (13,3 %), Axborot texnologiyalari va fizika-matematika hamda Raqamli
iqtisodiyot va innovatsiya fakultetlarida 739 nafardan (12,4 %) respondent
ishtirok etgan.
Universitet
bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar tahlili
|
Baholash
yo‘nalishi |
Universitet
bo‘yicha o‘rtacha ball |
|
Professor-o‘qituvchilar faoliyati |
4,22 |
|
Ta’lim jarayonini baholash |
4,16 |
|
Baholash tizimi va akademik halollik |
4,39 |
|
Ta’lim sharoitlari va infratuzilma |
4,08 |
|
Elektron ta’lim va raqamli tizimlar |
4,61 |
|
Umumiy qoniqish darajasi |
3,95 |
|
Umumiy o‘rtacha ko‘rsatkich |
4,24 |
Natijalardan ko‘rinadiki, talabalar tomonidan eng yuqori baholangan
yo‘nalish “Elektron ta’lim va raqamli tizimlar” — 4,61 ball bo‘lgan.
Eng past ko‘rsatkich esa “Umumiy qoniqish darajasi” — 3,95
ballni tashkil qilgan.
Professor-o‘qituvchilar faoliyati bo‘yicha
tahlil
Universitet bo‘yicha professor-o‘qituvchilar faoliyatining
umumiy bahosi 4,22 ballni tashkil etdi.
Eng yuqori natija Ishlab chiqarish texnologiyalari
fakultetida — 4,43 ball. Keyingi yuqori natijalar: Axborot texnologiyalari va
fizika-matematika fakulteti — 4,31; Tabiiy fanlar fakulteti — 4,27; Psixologiya
va ijtimoiy fanlar fakulteti — 4,26.
Nisbatan past natijalar: Tibbiyot fakulteti — 4,12; Sport
faoliyati fakulteti — 4,13; San’atshunoslik fakulteti — 4,01.
Umuman olganda, barcha fakultetlarda ushbu ko‘rsatkich 4
balldan yuqori bo‘lib, professor-o‘qituvchilar faoliyati talabalar tomonidan
ijobiy baholangan.
Ta’lim jarayonini tashkil etish holati
Ta’lim jarayoni universitet bo‘yicha o‘rtacha 4,16 ball
bilan baholangan.
Eng yuqori ko‘rsatkich Ishlab chiqarish texnologiyalari
fakultetida — 4,36 ball.
Shuningdek, Axborot texnologiyalari va fizika-matematika
fakulteti — 4,26; Tabiiy fanlar fakulteti — 4,18; Psixologiya va ijtimoiy
fanlar fakulteti — 4,14; Sport faoliyati fakulteti — 4,14; Filologiya fakulteti
— 4,13.
Eng past natijalar San’atshunoslik fakultetida — 4,02,
Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya hamda Tibbiyot fakultetlarida — 4,07 ballni
tashkil etgan.
Baholash tizimi va akademik halollik
Mazkur yo‘nalish universitet bo‘yicha 4,39 ball bilan
baholangan va yuqori natijalardan biri hisoblanadi.
Eng yuqori natija 4,45 ball bo‘lib, Axborot texnologiyalari
va fizika-matematika, Ishlab chiqarish texnologiyalari hamda Tibbiyot
fakultetlarida qayd etilgan.
Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya fakulteti — 4,40 ball.
Filologiya, Psixologiya va ijtimoiy fanlar hamda Tabiiy fanlar fakultetlarida —
4,37 ball.
Nisbatan past ko‘rsatkich San’atshunoslik fakultetida — 4,17
ball.
Umuman, ushbu ko‘rsatkich talabalar baholash jarayonining
nisbatan shaffofligi, mezonlarning tushunarliligi va akademik halollik
tamoyillarining ta’minlanishini ijobiy qabul qilayotganligini ko‘rsatadi.
Ta’lim sharoitlari va infratuzilma
Universitet bo‘yicha ushbu yo‘nalish 4,08 ball bilan
baholangan.
Eng yuqori natija Ishlab chiqarish texnologiyalari
fakultetida — 4,31 ball.
Keyingi o‘rinlarda: Axborot texnologiyalari va
fizika-matematika fakulteti — 4,28; Tabiiy fanlar fakulteti — 4,19; Filologiya
fakulteti — 4,07; Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya hamda Tibbiyot
fakultetlari — 4,05.
Nisbatan past natijalar: San’atshunoslik fakulteti — 4,00;
Sport faoliyati fakulteti — 3,89; Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti —
3,73.
Elektron ta’lim va raqamli tizimlar
Mazkur yo‘nalish universitet miqyosida eng yuqori baholangan
yo‘nalish bo‘lib, o‘rtacha 4,61 ballni tashkil etdi.
Fakultetlar bo‘yicha: Ishlab chiqarish texnologiyalari
fakulteti — 4,73; Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti —
4,65; Filologiya fakulteti — 4,63; Tabiiy fanlar fakulteti — 4,61; Psixologiya
va ijtimoiy fanlar fakulteti — 4,60; Tibbiyot fakulteti — 4,60; Raqamli
iqtisodiyot va innovatsiya fakulteti — 4,59; Sport faoliyati fakulteti — 4,46;
San’atshunoslik fakulteti — 4,34.
Talabalarning umumiy qoniqish darajasi
Universitet miqyosida ushbu ko‘rsatkich 3,95 ball bo‘lib,
barcha yo‘nalishlar ichida eng past natijani tashkil etdi.
Fakultetlar bo‘yicha eng yuqori natija Ishlab chiqarish
texnologiyalari fakultetida — 4,15 ball.
Shuningdek: Axborot texnologiyalari va fizika-matematika
fakulteti — 4,04; Tabiiy fanlar fakulteti — 4,00; Sport faoliyati fakulteti —
3,96; Filologiya fakulteti — 3,91; Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti —
3,90; Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya fakulteti — 3,87; Tibbiyot fakulteti —
3,87; San’atshunoslik fakulteti — 3,83.
Fakultetlarning
umumiy natijalari
|
Fakultet |
Umumiy
baho |
|
Ishlab chiqarish texnologiyalari
fakulteti |
4,41 |
|
Axborot texnologiyalari va
fizika-matematika fakulteti |
4,33 |
|
Tabiiy fanlar fakulteti |
4,27 |
|
Filologiya fakulteti |
4,22 |
|
Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya
fakulteti |
4,20 |
|
Tibbiyot fakulteti |
4,19 |
|
Psixologiya va ijtimoiy fanlar
fakulteti |
4,17 |
|
Sport faoliyati fakulteti |
4,15 |
|
San’atshunoslik fakulteti |
4,06 |
|
Universitet bo‘yicha |
4,24 |
Umumiy natijalarga ko‘ra, barcha fakultetlarda o‘rtacha baho
4,0 balldan yuqori shakllangan.
Universitet o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori natija uchta
fakultetda kuzatilgan: Ishlab chiqarish texnologiyalari — 4,41; Axborot
texnologiyalari va fizika-matematika — 4,33; Tabiiy fanlar — 4,27. Filologiya
fakultetining natijasi — 4,22 ball bo‘lib, universitet o‘rtacha natijasiga
yaqin.
Asosiy ijobiy jihatlar
1. Universitet bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich 4,24 ballni
tashkil etgan.
2. Elektron ta’lim va raqamli tizimlar 4,61 ball bilan
talabalar tomonidan eng yuqori baholangan.
3. Baholash tizimi va akademik halollik bo‘yicha 4,39
balllik yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.
4. Professor-o‘qituvchilar faoliyati barcha fakultetlarda 4
balldan yuqori baholangan.
5. Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti barcha asosiy
ko‘rsatkichlarda barqaror yuqori natijalar ko‘rsatgan.
12. E’tibor
qaratilishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlar
·
umumiy qoniqish
darajasi — 3,95 ball;
·
ta’lim sharoitlari va
infratuzilma — 4,08 ball;
·
Psixologiya va
ijtimoiy fanlar fakultetida infratuzilma ko‘rsatkichi — 3,73 ball;
·
San’atshunoslik
fakultetida umumiy qoniqish darajasi — 3,83 ball;
·
Raqamli iqtisodiyot va
innovatsiya hamda Tibbiyot fakultetlarida umumiy qoniqish darajasi — 3,87 ball;
Taklif va tavsiyalar
1. 3,9 balldan past
natija qayd etilgan indikatorlar bo‘yicha fakultetlar kesimida alohida tahlil o‘tkazish.
2. Talabalar hamda
magistrlar qoniqish darajasiga ta’sir qilayotgan omillarni aniqlash uchun
fokus-guruh, suhbat va ochiq muloqotlar tashkil etish.
3. Psixologiya va
ijtimoiy fanlar hamda Sport faoliyati fakultetlarida ta’lim infratuzilmasini
inventarizatsiyadan o‘tkazish.
4. San’atshunoslik
fakultetida barcha asosiy indikatorlar bo‘yicha ichki tahlil o‘tkazib,
takomillashtirish rejasini ishlab chiqish.
5. Elektron ta’lim va
raqamli tizimlar bo‘yicha mavjud ijobiy tajribalarni saqlash va boshqa
xizmatlarga tatbiq etish.
6. Professor-o‘qituvchilar
faoliyatini baholash natijalarini kafedra yig‘ilishlarida muhokama qilib, zarur
metodik choralarni belgilash.
7. Baholash tizimi va
akademik halollikka oid talabalar fikrlarini muntazam monitoring qilish.
Xulosa
O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari universitetda ta’lim
jarayoni va ta’lim xizmatlari talabalar tomonidan, umuman olganda, ijobiy
baholanayotganligini ko‘rsatdi. Universitet bo‘yicha umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichning
4,24 ballni tashkil etishi buning dalilidir.
Ayniqsa, elektron ta’lim va raqamli tizimlar — 4,61 ball,
shuningdek, baholash tizimi va akademik halollik — 4,39 ball yuqori ko‘rsatkichlarga
ega.
Shu bilan birga, umumiy qoniqish darajasining 3,95 ball,
ta’lim sharoitlari va infratuzilmaning esa 4,08 ball bilan baholangani mazkur yo‘nalishlarda
tizimli takomillashtirish ishlarini davom ettirish zarurligini ko‘rsatadi.
So‘rovnoma natijalarini fakultetlar va tarkibiy bo‘linmalar yig‘ilishlarida muhokama qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq muddat, mas’ullar va natijadorlik indikatorlari ko‘rsatilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, keyingi monitoringda esa amalga oshirilgan choralar samaradorligini baholash tavsiya etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文

