Tabiiy fanlar fakulteti dekani: Turdimetov Shaxobiddin Muxitdinovich
HAR KUNI 09:00 – 17:00 (SHANBADAN TASHQARI)
rus, ingliz tillari
+998(67) 225-38-19
turdimetov1970@mail.ru
1987-1992 yy. - Toshkent davlat agrar universiteti talabasi 1992-1993 yy. - Guliston davlat universiteti «Botanika va qishloq xo’jaligi asoslari» kafedrasi o’qituvchisi 1993-1996 yy. - Guliston davlat universiteti “Qishloq xo’jaligi asoslari” kafedrasi aspiranti 1996-1999 yy. - Guliston davlat universiteti “Qishloq xo’jaligi asoslari” kafedrasi laboratoriya mudiri 1999-2003 yy. - Guliston davlat universiteti “Qishloq xo’jaligi asoslari” kafedrasi o’qituvchisi, katta o’qituvchisi, dotsent vazifasini bajaruvchisi 2003-2007 yy. - Guliston davlat universiteti “Qishloq xo’jaligi asoslari” kafedrasi mudiri 2007-2009 yy. - Guliston davlat universiteti “Qishloq xo’jaligi asoslari” kafedrasi dotsenti 2009-2013 yy - GulDU qoshidagi Sirdaryo 4- akademik litsey direktori 2013.-2018 yy. - Guliston davlat universitetining “Tuproqshunoslik “ kafedrasi dotsenti 2018-2019 yy.- GulDU huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori 2019 -2023 yy. - Guliston davlat universiteti “Agrotuproqshunoslik va melioratsiya” kafedrasi mudiri 2023-2024 y. - Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari va fizika-metematika fakulteti dekani
Malaka oshirgan yili- TDAU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida 2021 yil.(1 noyabrdan 31 dekabrgacha)
Genetika Tuproqshunoslik va agrokimyo, Tuproq sifat bahosi, Voha tuproqlari genezisi va evolutsiyasi Biologiya va genetika
Tabiiy fanlar fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Tuxtamishev Sardor Saydullayevich
HAR KUNI 09:00 – 17:00 (SHANBADAN TASHQARI)
rus, ingliz tillari
+998(94)358-55-58
stuxtamishev@mail.ru, TUXTAMISHEV_SARDOR@guldu.uz
1996-2006 yillarda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 22 – umumiy o‘rta ta’lim maktabda tahsil olgan. 2007-2011 yy. – Toshkent davlat agrar universiteti talabasi, 2011-2013 yy. – Toshkent davlat agrar universiteti magistranti bo‘lgan, 2013-2018 yy. – Guliston davlat universitetining “Tuproqshunoslik va agronomiya” kafedrasi o‘qituvchisi, 2018-2022 yy. – Guliston davlat universitetining “Tuproqshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2022 va hoz. – Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. 13 ta ilmiy maqolalar va tezislar, 1 ta monografiya chop ettirgan.
2018 yil 4 yanvardan 2019 yil 28- fevralgacha ToshDAU xuzuridagi PKQTMO tarmoq markazda “O‘simliklarni himoya qilish” qayta tayyorlash kursi; 2022 yil 5-sentyabrdan 2022 yil 30- sentyabrgacha ToshDAU xuzuridagi PKQTMO tarmoq markazda “O‘simliklarni va qishloq xo‘jalik mahsulotkari karantini (bevosita)” qayta tayyorlash kursi;
Fitopatologiya O‘simliklarni himoya qilish Entomologiya va o‘simliklarni uyg’unlashgan himoya qilish
Tabiiy fanlar fakulteti o‘quv ishshlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Kasimov Shodibek Islamovich
1990-2000 yillar davomida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 36-o‘rta maktabda tahsil olgan. 2000-2004 yillar davomida Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi, 2006-2008 yillar davomida Jizzax davlat pedagogika universitetining magistratura bosqichida tahsil olgan. 2011-2013 yillar davomida Guliston davlat universitetining doktoranti bo‘lgan. Mehnat faoliyatini 2005-2007 yillarda Jizzax shaha Ko‘zi ojiz bolalar maktab internati kimyo fani o‘qituvchisi 2008-2010 yillar shu internatning ma‘naviy-ma‘rifiy ishlari bo‘yicha derektor o‘rinbosari bo‘lib ish boshlagan. 2010-2016 yillar Guliston davlat universitetining “Umumiy kimyo” kafedrasi o‘qituvchisi, 2016-2022 yillar Guliston davlat universitetining “Kimyo” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2022 yildan Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Shu jumladan 5 ta uslubiy, 1 ta darslik va 1 ta monografiya chop ettirgan. Shuningdek, 2018-2020 yillar davomida amaliy loyihada faoliyat olib borgan. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida “Organik kimyo”, “Bioorganik kimyo”, “Noorganik kimyo”, “Kimyo o‘qitish metodikasi” va magistratura mutaxasisli bo‘yicha “Kimyoning zamonaviy muammolari”, “Geterahalqali birikmalar kimyosi” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlaridan dars berib kelmoqda. 20 dan ortiq kimyo ta’lim yo‘nalishi talabalariga bitiruv malakaviy ishiga hamda 4 nafar magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlik qilgan.
2016 yil 2oktabrdan 2016 yil 30 noyabrgacha O‘zMU xuzuridagi tarmoq (mintaqaviy) markazda “Kimyo” fanlar kursi; 2020 yil 2 iyundan 20 yil 28 iyulgacha O‘zMU xuzuridagi Mintaqaviy markazda “Kimyo fanlar” kursi; 2022 yil 2 iyundan 2022 yil 30 iyulgacha O‘zMU xuzuridagi tarmoq (mintaqaviy) markazda “Raxbar xodimlarni malakasini oshirish” kursi;
Organik kimyo Bioorganik kimyo Noorganik kimyo Kimyoning zamonaviy muammolari Geterahalqali birikmalar kimyosi
Tabiiy fanlar fakulteti o‘quv ishshlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari: ERGASHEVA FAROG'AT SHERALIYEVNA
Ish faoliyati: 17 yil Pedagogika faoliyati: 14 yil
Ergasheva Farog‘at Sheraliyevna, 1984 yil 28 dekabrda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida ziolilar oilasida tug‘ilgan. 2002–2006 - yillar davomida Guliston davlat universiteti “Tabiatshunoslik” fakulteti “Biologiya” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. 2007-2009 - yillarda Guliston davlat universiteti “Tabiatshunoslik” fakulteti “Botanika” yo‘nalishi magistratura bosqichida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini: 15.08.2006 - 29.08.2009 - yillarda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani R.Muhammedov nomli 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi" davlat muassasasida o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 04.09.2009 - 01.09.2011 - yillarda Guliston davlat universiteti “Tabiatshunoslik” fakulteti “Batanika va ekologiya” kafedrasida katta laborant lavozimida ishlagan. 02.09.2011 - 31.12.2016 - yillarda Guliston davlat universiteti “Tabiatshunoslik” fakulteti “Umumiy ekologiya va geografiya” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 01.01.2017 - 31.12.2017 - yillarda Guliston davlat universiteti “Tabiatshunoslik” fakulteti “Ekologiya va geografiya” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 01.01.2018 - 01.09.2020 - yillarda Guliston davlat universiteti “Tabiatshunoslik” fakulteti “Biologiya” kafedrasida “O‘simliklar Fiziologiyasi va biologiyasi” ixtisosligi bo’yicha doktorant bosqichida tahsil olgan. 02.09.2020 - 11.02.2021 - yillarda Guliston davlat universiteti “Tabiiy fanlar” fakulteti “Biologiya” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 12.02.2021 - h.v. Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti o’quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2021yil 06 sentyabrdan - Guliston davlat universiteti «Biologiya» kafedrasi dotsenti v.b. lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda tadqiqoti uchun 1 ta xalqaro va 1 ta respublika OAK e’tirof etgan jurnallarda maqolalar nashr ettirdi. Uning shu kungacha Respublikamiz hamda Xorijiy davlatlarda 17 ga yaqin maqola va tezislari e’lon qilingan. Ergasheva Farog‘at tomonidan 1 ta Darslik va 1 ta fermerlar uchun tavsiyanoma yaratilgan. 2020-2023- yillarda ma’naviy va ma’rifiy ishlarda faol qatnashib Faxriy yorliq va sertifikatlar bilan taqdirlandi. 2020 yil 20 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish vazirligi tomonidan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi ” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazining 2023 yil 13 yanvardagi 03-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar Ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazi tamonidan o‘tkazilgan “Milliy ilmiy tadqiqotlat etakchisi” loyihasi va Xalqaro konferensiyasida ishtirok etib “ILM-FAN IFTIXORI” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
2022 yil 5 yanvardan 2022 yil 28 fevralgacha Bosh ilmiy-metodik markaz (mintaqaviy) markazda “Ta’lim tizimi menejmenti” fanlar kursi;
Odam va hayvonlar fiziologiyasi O’simliklar eksperimental mutaginezi
Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar masalalari, ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Zikriyayev Faxriddin Ma’mur o‘g‘li
HAR KUNI 09:00 – 17:00 (Yakshanbadan tashqari)
rus, ingliz tillari
+998 91 506-43-47, +998 90 106-00-09
zikriyayevfaxriddin@gmail.ru
Umumiy ish staji: 5-yil Pedagogik staj: 2-yil
Zikriyayev Faxriddin Ma’mur o‘g‘li 1995-yil 14-avgust kuni Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida tavallud topgan. 2019 yilda Guliston davlat universiteti iqtisodchi mutaxassisligini muvaffaqiyatli tamomlagan. 2021-yildan Guliston davlat universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi stajyor o‘qituvchisi lavozimida ish boshladi. 2019-2021 yillarda Guliston davlat universiteti magistranti. 2021-2023 yillarda Guliston davlat universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi, universitet yoshlar yetakchisi, Ishlab chiqarish texnologiyalari va Tabiiy fanlar fakultetlari dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
- -
Raqamli iqtisodiyot Institutsional iqtisodiyot Marketing tadqiqotlari Iqtisodiyot va menejment Korxona iqtisodiyoti va menejmenti