Matematika kafedrasi mudiri: Gaimnazarov Olimjon Gulmurodovich
pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Qabul kunlari: Seshanba - Chorshanba (14:00-16:00)
rus, ingliz tillari
+99897-224-56-00
GAIMNAZAROV_OLIMDJON@guldu.uz
Gaimnazarov Olimjon Gulmurodovich 1976-yil 21-dekabrda tugʻilgan, millati oʻzbek. 1998-yilda Xoʻjand davlat universitetining “Matematika” fakultetini “Matematika” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. 2019-yil pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega boʻldi. Dissertatsiyasini 2019-yil 4-aprelda Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Ped.48.01. raqamli ilmiy kengashda “Matematika darslarida kollej oʻquvchilarini kasbga yoʻnaltirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida “13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha muvaffaqiyatli himoya qilgan. Umumiy ilmiy-pedagogik staji – 25 yil. 1993-1998 yillar Xoʻjand davlat universiteti talabasi. 1998-2004 yillar Guliston davlat universiteti “Matematik tahlil” kafedrasi laboranti, katta laboranti, oʻqituvchisi. 2004-2005 yillar Guliston kompyuter va axborot texnalogiyalari kasb-hunar kolleji matematika va informatika oʻqituvchisi. 2005-2008 yillar Guliston davlat universiteti “Umumiy matematika” kafedrasi aspirant. 2008-2013 yillar Guliston davlat universiteti “Umumiy matematika” kafedrasi oʻqituvchisi. 2013-2020 yillar Guliston davlat universitetining “Umumiy matematika” kafedrasi katta oʻqituvchisi (2015 yildan “Matematika” kafedrasi). 2020-2021 yillar Guliston davlat universitetining Fizika-matematika fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari. 2021-2022 yillar Guliston davlat universitetining Matematika kafedrasi dotsenti. 05.09.2022-yildan Guliston davlat universitetining Matematika kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
O.G.Gaimnazarov Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogic kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida 2022-yil 01-dekabrdan 29-dekabrgacha 288 soatga mo`ljallangan “Matematika oʻqitish metodikasi” kursini tugatgan. O.G.Gaimnazarov Bosh ilmiy-metodik markazda Oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlari uchun tashkil etilgan 72 soatga mo'ljallangan "Masofaviy ta'limni tashkil etish texnologiyalari" masofaviy kursini, 72 soatga mo'ljallangan "English (Beginner)" masofaviy kursini, 72 soatga mo'ljallangan "Raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot" masofaviy kursini, 24 soatga mo'ljallangan "Kredit-modul tizimi asosida ta'lim jarayonlarini tashkil etish" masofaviy kursini to'liq o'zlashtirgan.
O.G.Gaimnazarov ilmiy pedogogik faoliyati davomida jami 70 dan ortiq ilmiy ishlar e’lon qilgan. Shulardan, 1ta darslik, 5 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta o’quv–uslubiy qo’llanma, 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislardir. Soʻnggi 3 yilda chop etgan ilmiy maqolalari: 1. Gaimnazarov O.G. Oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini integratsiyalash. «Barqaror rivojlanishda uzluksiz ta’lim: muammo va echimlar» Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ilmiy ishlar to’plami. 21-24 may, 2019 yil Chirchiq sh. 2. Gaimnazarov O.G. Ta’limni axborotlashtirish sharoitida kasbiy madaniyatni shakllantirish jarayoni. “Faol investitsion muhitni shakllantirishda ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining dolzarb muammolari” mavzusidagi XVI respublika ilmiy-amaliy ronferentsiyasi materiallari. II qism, Samarqand, 2019 yil, 7 iyun. 3. Gaimnazarov O.G., Qo’chqorov M.Ta’limni axborotlashtirish sharoitida kasbiy madaniyat. Oliy ta’lim islohotlari: yutuqlar, muammolar, yechimlar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Toshkent, 2019 yil 25-26 oktyabr
O.G.Gaimnazarov universitetda I, II, III, IV bosqichlarida, “Matematika” kafedrasida oʻquv rejasida keltirilgan quyidagi fanlardan ma’ruza, seminar va amaliy mashgʻulotlarni olib boradi: Analitik geomatriya, Matematika o’qitish metodikasi, Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi, Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida matematika ta’limi jarayonini kompleks loyihalashtirish, Matematika tarixi.
Kafedra tarixi Kafedra 1971-yilda tashkil topgan boʻlib, dastlab kafedra “Algebra va sonlar nazariyasi”, “Matematika va geometriya oʻqitish metodikasi”, “Matematik analiz” nomlari bilan faoliyat yuritgan.
1999-yildan boshlab “Matematik analiz”, “Matematika oʻqitish metodikasi” kafedralari birlashtirilib “Umumiy matematika” kafedralari deb nomlangan, 2014-yildan boshlab, “Matematika” kafedrasi nomi bilan atalib kelmoqda.
Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ixtisosliklar Bakalavr (kunduzgi, sirtqi): 60540100 – “Matematika”, ta’lim yoʻnalishi – kunduzgi (oʻzbek va rus) 60540100 – “Matematika”, ta’lim yoʻnalishi – sirtqi (oʻzbek) Magistratura (kunduzgi): 70540101 - Matematika(yoʻnalishlar boʻyicha-matematik analiz) – kunduzgi (oʻzbek)