Kafedra mudiri: Toshtemirov Doniyor
Qabul vaqti: Xar kuni soat 9-00 dan 17-00 gacha
Kafedra strukturasi:
Kafedrada quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlanadi:
5110900-Pedagogika va psixologiya
5210203-Amaliy psixologiya
37.03.01-Psixologiya (Kazan, KFU)
Kafedrada quyidagi mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlanadi:
5A110902-Pedagogika va psixologiya
Pedagogika va psixologiya kafedrasi tarixi:
Pedagogika va psixologiya kafedrasi 1966 yilda tashkil etilgan. Kafedra «Bo’lajak o’qituvchi shaxsi kasb madaniyati shakllanishining nazariyasi va amaliyoti» nomli bosh ilmiy muammo bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar olib boradi. Kafedraga 1966 yillardan boshlab Turg’unov Q.T., Tsoy Gennadiy, Julanov Q.A., Arimboyev S., Abdukarimov H., Davirova G., Suvonov O., Raximov B.X., Muxliboyev M.Q., Xolnazarova M.X. kabilar boshchilik qilganlar. Kafedra a’zolari ta’lim-tarbiya va ijtimoiy sohalarda faollik ko’rsatib kelmoqdalar. Ularning pedagogik faoliyati davlat tomonidan yuqori baholanmoqda. G.Davirova «Do’stlik» ordeni bilan, H.Abdukarimov, A.Ahmedov, O.Suvonov, A.Fadeevlar «Xalq ta’limi a’lochisi» nishonlari va ko’plab faxriy yorliqlar bilan taqdirlanganlar. Kafedra a’zolari tomonidan o’nlab monografiyalar, yuzlab ilmiy-uslubiy maqolalar e’lon qilingan.
Kafedraga 2020 yildan boshlab ped.f.n., dotsent Toshtemirov Doniyor Eshbayevich mudirlik qilib kelmoqda. Bugungi kunda kafedrada pedagogika fanlari nomzodi, dotsent H.Abdukarimov, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Xolnazarova, katta o’qituvchilar O.Suvanov, Yo.Nurumbekova, O’.Shukurova, G.Qurbonova, o’qituvchilar S.Xaydarova, Sh.Fayziyeva, G.Toshmatova, D.Nosirova, O.Nazarova, S.Jonzoqova, R.Suleymanova, J.Mirzayev kabi tajribali pedagoglar faoliyat ko’rsatishmoqda.
Kafedra professor-o’qituvchilari barcha ta’lim yo’nalishidagi talabalar uchun fan bo’yicha zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida bilim, ko’nikma va malaka bermoqdalar.
Kafedrada hozirgi kunda respublikamiz uchun “Pedagogik va psixologiya”, “Amaliy psixologiya” va qo’shma dastur asosida Qozon federal universiteti bilan “Psixologiya” yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlab berish yo’lga qo’yildi. Magistratura bo’yicha “Pedagogika va psixologiya” mutaxassisligi doirasida 2019-2020 o’quv yilidan talabalar tahsil olmoqda. Kafedramizda bugungi kunda jami 36,5 shtat birligida professor-o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Shulardan 22 shtat to’liq, 14,5 shtat o’rindosh. Kafedramiz professor-o’qituvchilarining tarkibida 2 ta fan doktori, professor, 6 ta fan nomzodi, dotsentlar bor. Professor-o’qituvchilarning o’rtacha yoshi 51.
Pedagogika va psixologiya kafedrasining hamkorlik aloqalari:
Pedagogika va psixologiya kafedrasi Kazan federal universiteti bilan hamkorlik faoliyatini olib bormoqda. Kazan federal universiteti bilan hamkorlikda 37.03.01-Psixologiya ta’lim yo’nalishi bo’yicha 26 nafar talaba tahsil olmoqda. O’zbekiston Milliy universiteti, Buxoro davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Andijon davlat universitetlari bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
Pedagogika va psixologiya kafedrasining ilmiy faoliyati:
Kafedrada 2 ta professor, 6 ta dotsent, 8 ta doktorant, 47 ta magistrantlar ilmiy pedagogik faoliyat yuritmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan 3 ta darslik, 5 ta monografiya, 8 ta o’quv qo’llanma, 15 dan ziyod o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop ettirilgan. 4 ta patent olingan. Xorijiy davlatlarda 20 dan ortiq ilmiy maqola, xorijiy konferentsiyalarda 25 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.