Katta o‘qituvchi Kim Dmitriy Valentinovich Xitoydagi stajirovka yakunlari haqida ma’lumot berdi
Xitoy Xalq
Respublikasining Shaanxi qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi universitetida
amalga oshirilgan stajirovka davomida bajarilgan ishlar, universitetning ta’lim
va ilmiy-tadqiqot faoliyati, professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislar bilan
o‘tkazilgan uchrashuvlar va tajriba almashish jarayonlari haqida ma’lumot
berdi.
Shuningdek,
stajirovka dasturi doirasida o‘rganilgan ilg‘or tajribalar, ta’lim jarayonini
tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda zamonaviy
yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar
haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Stajirovka jarayonida
amalga oshirilgan ishlar va tashriflar fotosuratlar bilan boyitilgan PowerPoint
taqdimoti shaklida tayyorlangan hisobot orqali yig‘ilish ishtirokchilariga
namoyish etildi.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham köring

.gif)


Özbekça
Русский
English
中文


