Axborot-resurs markazi
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

14465

Jami talabalar soni

6932

Kunduzgi ta'lim

7202

Sirtqi ta'lim

20

Kechki ta'lim

285

Magistr

26

Xorijiy talabalar

Guliston Davlat Universiteti Ilmiy indeksi

Axborot resurs markazi


Axborot resurs markazi direktori: Oqyigitov Obidjon Shoyimqulovich


Qabul kunlari: har kuni: soat 14.00 dan 17.00 gacha

Rus tili

(+998 97) 275-16-09, 225-45-09

oqyigitov@mail.ru

--

Ilmiy-uslubiy va axborot ma’lumot
(davriy nashrlar) bo’limi
mudiri: Alibekova Manzura Rustamovna.



Axborot-kutubxona resurslarini butlash,
kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi
mudiri: Karimova Ro‘zixon Sodiqovna

Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko’rsatish
(abonomentlarga xizmat ko’rsatish, o’quv zallari va
kitob saqlashni inobatga olgan holda) bo'limi
mudiri: Do‘stmurodova Lazokat Bosimovna

Elektron-axborot resurslar bo’limi
mudiri: Yuldasheva Nargiza

Õîrijiy axborot-kutubxona resurslari bo'limi
mudiri: Usmonova Nigora Mansurovna

Axborot-resurs markazi faoliyati

Guliston davlat universiteti Axborot-resurs markazi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, ta’lim boshqaruv organi qarorlari, buyruqlari, ta’lim muassasi Nizomi, rahbariyatning buyruqlari va farmoyishlari, ichki tartib qoidalari hamda ARM Nizomi, ish rejasi, lavozim yo’riqnomasi va majburiyatlari asosida faoliyati yuritadi.

Axborot-resurs markazining jami bosma nashrlar fondi 40223 nomda, 408753 nusxani tashkil etadi. Shundan: o’quv adabiyotlari: 15168 nomda 248633 nusxada; ilmiy adabiyotlar: 6510 nomda 78241 nusxada; badiiy adabiyotlar: 14700 nomda 42218 nusxada; boshqalar: 3845 nomda 36491 nusxada. Bundan tashqari, ARM fondida 41500 nomda elektron va 294 nomda audio (asosan badiiy adabiyotlar) resurslar mavjud. Elektron-axborot resurslar bilan ishlash bo’limida foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish uchun 100 dona kompyuter (filiallar bilan birga) va 1 ta server mavjud bo’lib, ular lokal va internet tarmog’iga ulangan. Internet tarmog’ining ishlash tezligi 500 mb//sek. Axborot-resurs markazining 41500 to’liq matnli elektron resurslarni o’z ichiga olgan elektron katalogi orqali ma’lumotlarni ichki va uzoq masofadan turib foydalanishda tezkor izlash imkoniyatini ta’minlovchi Unilibrary.uz - yagona elektron kutubxona axborot tizimi mavjud. ARMda foydalanuvchilarga ko’rsatilayotgan barcha xizmat turlari bepul. Zalda ochiq fond usulida ish olib boriladi, barcha kompyuterlar internetga ulangan, Wi-Fi zonalari mavjud. Foydalanuvchilarga an’anaviy usulda kitob berish hamda telegram kanallar orqali xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yilgan. Bundan tashqari foydalanuvchilar uchun nusxa ko’chirish va skayner qilish imkoniyatlari mavjud. O’quv zali har kuni soat 8-00 dan kech soat 22-00 gacha foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatadi. 1 va 2-talabalar turar joylarida, universitetning Ishlab chiqarish texnologiyalari instituti, Pedagogika va Jismoniy madaniyat fakultetlarida hamda Sirtqi bo’limida ARM filiallari faoliyati yo’lga qo’yilgan. Bundan tashqari barcha kafedralarda asosiy adabiyotlar burchaklari shakllantirilgan. Umumiy foydalanuvchilar 14617 nafarni tashkil etadi, shundan: 495 nafari professor-o’qituvchilar, 14122 nafari talabalar. Universitet professor-o’qituvchilari va talabalari uchun Amerikaning EbsicoHost - axborot resurslar kompaniyasi va O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Guliston davlat universiteti Axborot-resurs markazi bilan tuzilgan shartnomaga asosan dunyoning eng yirik dissertatsiyalari va diplom ishlarining to’liq matnli resursi bilan bepul ishlashga obuna tashkil. Oliy ta’lim vazirligi tomonidan Scopus (Elsevier) hamda Ebsicohoct xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan universitetning barcha talabalari, magistirlari, doktorantlari va professor – o’qituvchilari uchun ro’yxatdan o’tgan holda erkin foydalanish imkoniyatlari mavjud. Bundan tashqari, academia.edu.uz sayti orqali ham ro’yxatdan o’tgan holda ilmiy izlanuvchilar o’zlarining ilmiy maqolalarini joylashtirishlari mumkin. ARMda jami 111 dona kompyuter, 5 dona skaner, 4 dona printer, 1 dona 3x1 nusxa ko’paytiruvchi uskunasi, 2 dona televizor, videoproektor, zalda nazorat kameralari doimiy ravishda ishlab turibdi. Kompyuterlarni 11 donasi xodimlar uchun, qolgan 100 donasi foydalanuvchilar uchun mo’jallangan

Markaz shaxobchalari:

1. 1-son talabalar turar joyida
2. 2-son talabalar turar joyida
3. Ishlab chiqarish texnologiyalari institutida
4. Pedagogika fakultetida
5. Jismoniy madaniyat fakultetida
6. Sirtqi ta’lim fakultetida

Umumiy xizmatlar:

* Foydalanuvchi talabiga binoan ma'lumotlar paketlarini tayyorlash.
* Elektron katalog.
* Kutubxona fondidan ilmiy-ommabop jurnallardan maqolalar nusxalarini tayyorlab, elektron shaklda jo‘natish.
* Masofaviy foydalanuvchi xizmati, elektron pochta orqali iste'molchilarga hujjatlarni (maqolalar, turli ma'lumotlar to'plamlari, elektron kataloglar) yetkazib berish.
* Media kutubxona bilan ta'minlash (treninglar, o'quv dasturlari va SD disklardagi ma'lumotlar bazalari).
* Kompyuterda ishlash, internet va maʼlumotlar bazalaridan foydalanish, “ARMAT”, unilibrary.uz, portal.guldu.uz va boshqa avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimlari boʻyicha oʻquv kurslari.
* O‘zbekistonda himoya qilingan dissertatsiyalarning avtoreferatlari. Olimlar, aspirantlar va magistrantlar talabiga binoan kutubxonaning telegram kanallari va electron pochta orqali ma’lumot berish.

9085 | 2017-12-29 13:36

Resurslar

Imtihon-2024

QABUL-2024 o'qishni ko'chirsh

QABUL-2024

Xorijiy fuqarolarga qabul 2024

Abituriyentning ijodiy (kasbiy) imtihon axborot varaqasi
Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi

2024-2025 o'quv yilida o'tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihon manzillari geolakatsiyasi

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

Categoriyalar