Guliston davlat universitetida zamonaviy Axborot-resurs markazi foydalanishga topshirildi
17-noyabr kuni Guliston davlat universitetida yangi barpo etilgan, 600 o‘ringa mo‘ljallangan innovatsion Axborot-resurs markazi ishga tushirildi.
Mazkur ma’rifat markazining ishga tushirilishi tadbirida Sirdaryo viloyati rahbari E.Turdimov, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Q.Sharipov, Sport vaziri A.Ikramov, Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev, Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.Karshibayev hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Viloyat rahbari E.Turdimov ushbu maskanda kitobxonlik tanlovlari, “Quvnoqlar va zukkolar” bellashuvlarini tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdi.
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Q.Sharipov Axborot-resurs markazining kutubxona fondini yangi adabiyotlar bilan boyitish, kitobxonlar uchun ichki interyer va jihozlarni takomillashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Yangi ARM talabalarning ilmiy izlanishlari va va mustaqil o‘qishini qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu maskan ta’lim sifati va intellektual muhitni oshirishga xizmat qilib, yaratilgan zamonaviy sharoitlar yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.










Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



