Oqoltin sanoat texnikumi
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Oqoltin sanoat texnikumi

Oqoltin sanoat texnikumi

Rahbariyat:

Direktor: Mo’ydinov Sirojiddin Shamsiddinovich

Oquv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:To’raev O’tkir Alimovich

Ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha direktor o’rinbosari:Abdupattayev Mirsadulla Xabibulla o’g’li

Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Xamrayev Abdunazar Sadullayevich

 

Texnikum tarixi

Oqoltin sanoat texnikumi dastlab 1967 yili Yangier shahrida, Yangier kommunal qurilish texnikumi nomi bilan tashkil etilgan.

1975 yilda Oqoltin tumani Sardoba qo’rg’oniga ko’chirilib Oqoltin gidromelioratsiya texnikumi deb yuritila boshlangan.

1996-1997 o’quv yillarida bozor munosabatlari talabi asosida kadrlar tayyorlash maqsadida, Oqoltin iqtisodiyot va biznes kollejiga aylantirilgan.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2012 yil 25 maydagi 129-sonli hamda Sirdaryo viloyati O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 2012 yil 30 maydagi “Kasb-hunar kollejini qayta ixtisoslashtirish to’g’risida” gi 150-sonli buyrug’iga asosan Oqoltin gidromelioratsiya va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji nomi bilan qayta ixtisoslashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2019 yil 06 sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 24 sentyabrdagi 855-sonli buyrug’i hamda VKTRMH boshqarmasining 2019 yil 24 sentyabrdagi 390-sonli buyruqlariga asosan texnikum maqomini olgan.

 Oqoltin sanoat texnikumi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 06 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5812 Farmoni xamda O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 30 iyundagi 355-sonli buyrug’i asosida 2020 yil 01 avgustda tashkil etilgan bo’lib - Xalkaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan o’rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan, Guliston Davlat Universiteti huzurida faoliyat yuritadigan ta’lim muassasasi xisoblanadi.

 

Texnikum yo'nalishlari:

5.32.06.01-Buxgalteriya hisobi va audit

5.52.01.01-Kompyuter injiniring

5.53.10.01-Engil sanoat buyumlari konstruktsiyasi va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo’yicha)

5.61.07.01-Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnik-texnologi

 

Axborot-resurs markazi

 

¹

Adabiyotlar

Necha nomda

Mavjud adabiyotlar

Shu jumladan

O'zbek

Rus

1

Prezident asarlari

6

8

6

2

2

Umumta'lim fanlari

293

5690

5690

0

3

Umumkasbiy va maxsus fanlar

494

5055

5055

0

4

Badiiy adabiyotlar

372

647

647

0

5

Siyosiy adabiyotlar

71

352

342

10

 

Jami

1236

11752

11740

12

 

Shu jumladan

 

6

O'quv uslubiy qo'llanmalar

138

540

484

56

7

Ma'ruza matnlari

48

53

52

1

8

Elektron darslari

1419

1419

1407

12

9

Slaydlar

30

32

29

3

 

jami:

1635

2044

1972

72

 

Hammasi

2871

13796

13712

84

 

O’quvchi o’rni: 60 o’rinli

Kompyuterlar soni: 6 ta soz xolatda

Printerlar soni: 1 ta soz xolatda

Skanerlar soni: 1 ta soz xolatda

Telefon: +99867- 2431051

Internet: Mavjud kompyuterlar tarmoq va Wi-Fi orqali

 

Kitobxonlar (AKM ga a’zolar): 599 nafar

O’quvchilar: 78 nafar

O’qituvchi-xodimlar va i/ch ustalari: 38 nafar

 

 

Abiturientlarga!

Guliston davlat universiteti xuzuridagi Oqoltin sanoat texnikumi o`zbekiston va qo'shni davlatlarda kerakli kasblarni yangi professional ta`lim shaklida o'qitish maqsadida jahon standartiga mos, zamon talabidan kelib chiqib o'qishga qabul qiladi!

Oqoltin sanoat texnikumiga 2021-2022-o'quv yilida umumiy o'rta maktablarning 11-sinf va o'rta maxsus, kasb-hunar kollejini tamomlagan, "Hayot davomida ta'lim olish" prinsipi asosida kamida umumiy o'rta ma'limotga ega bo'lgan shaxslarni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'qishga qabul qiladi:

- Buxgalteriya hisobi va audit;

- Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ;

- Kompyuter injiniringi;

- Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo'yicha);

- Agronomiya (ekin turlari bo’yicha);

- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnik-texnologi;

Ta'lim kunduzgi shaklda ikki yildan kam bo'lmagan muddatda davlat granti va to'lov- kontrakt shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Texnikumga hujjat topshirish uchun www.texnikum.edu.uz elektron platformasi orqali quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Elektron ariza;

2. Umumiy o'rta maktabning 11-sinfini tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron skaner shaklida) nusxasi, yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasasini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom (elektron skaner shaklida) nusxasi; ?

3. 3õ4 fotosurat.

Respublikaning barcha hududlaridan fuqarolar qabul qilinadi.

Yana bir muhim yangilik

-Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchi Guliston davlat universitetining mos keluvchi yo'nalishida 2-kursdan suhbat asosida o'qishini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

-Farzandingizni hech qanday muammosiz universitetda o'qishini istasangiz unda bizning texnikumni tanlang.

-Darslar GulDU professor-o‘qituvchilari hamda yuqori malakali o‘qituvchilar tomonidan sifatli olib boriladi.

-Amaliyotlar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yirik ish beruvchilar korxonasida olib boriladi.

Hujjat topshirish joriy yilning 20-sentabrgacha davom etadi.

Murojaat uchun telefon:

 +99867-2431051

MANZIL: Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani, Sardoba shaharchasi Tinchlik ko’chasi 1-uy.

Telegram (https://t.me/oqoltin_sanoat_texnikumi )Oqoltin sanoat texnikumi

 

Kirish imtixonlari 2021 yil 16-17 noyabr kunlari bo’lib o’tadi DTM ruxsatnomasi www.ruxsatnoma.dtm.uz sahifasi orqali olasiz:

5.32.06.01-Buxgalteriya hisobi va audit

1. Matematika (20 ta savol-63 ball)

2. Chet tili (20 ta savol-63 ball)

3. Majburiy fanlar – Ona tili va adabiyoti, Matematika, Tarix fanlari (10 tadan 30 ta savol-63 ball)

 

5.52.01.01-Kompyuter injiniring

1. Matematika (20 ta savol-63 ball)

2. Fizika (20 ta savol-63 ball)

3. Majburiy fanlar – Ona tili va adabiyoti, Matematika, Tarix fanlari (10 tadan 30 ta savol-63 ball)

 

5.53.10.01-Engil sanoat buyumlari konstruktsiyasi va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo’yicha)

1. Matematika (20 ta savol-63 ball)

2. Fizika (20 ta savol-63 ball)

3. Majburiy fanlar – Ona tili va adabiyoti, Matematika, Tarix fanlari (10 tadan 30 ta savol-63 ball)

 

5.61.07.01-Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnik-texnologi

1. Matematika (20 ta savol-63 ball)

2. Fizika (20 ta savol-63 ball)

3. Majburiy fanlar – Ona tili va adabiyoti, Matematika, Tarix fanlari (10 tadan 30 ta savol-63 ball)

 

Imtixon natijalarini www.ruxsatnoma.dtm.uz sahifasi orqali passport ma’lumotlaringizni kiritib olasiz.

 

3598 | 2021-01-31 14:07

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news