Universitet kengashi tarkibi va a'zolari

Kengash kotibi: Abdurasulov Shermuxammad Izatullayevich
Qabul kunlari: Seshanba, Payshanba (10-00 - 16-00)
rus, ingliz tillari
+ 998 97 277 24 37
Guliston davlat universiteti Kengashi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug’i bilan tasdiqlangan Oliy o‘quv yurtining Kengashi to‘g‘risidagi Nizom asosida Guliston davlat universiteti kengashi tashkil etilgan va hozirgi kunda o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Universitet Kengashiga 2017-yil noyabr oyidan boshlab t.f.d., professor M.T.Xodjiyev rahbarlik qilib kelmoqda. Kengash tarkibida 68 nafar a’zo bo‘lib, ular universitet Kengashi tomonidan tasdiqlangan.
Kengash tarkibi har o‘quv yilining boshida ko‘rib chiqilаdi va lavozim vazifalariga ko‘ra yangi a’zolar saylanаdi.
Hozirgi kunda universitet kengashi tarkibida universitet rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, kafedra professorlari, tegishli bo‘lim boshliqlari, universitet tasarrufidagi Akademik litsey va texnikumlar direktorlari, universitet kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi, Yuriskonsult, Yoshlar ittifoqi universitet BT yetakchisi a’zo sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Universitet Kengashning asosiy vazifasi universitet jamoasi sa’y-harakatlarini birlashtirishdan iborat bo‘lib, birinchi yig‘ilishda Kengashning yillik ish rejasi va tarkibi tasdiqlab olindi. Universitet Kengashi doimiy faoliyat yurituvchi oliy kollegial organ hisoblanib, Kengash O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlari, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom, Guliston davlat universiteti Ustavi asosida faoliyat yuritadi. Kengash o‘z faoliyatini qonuniylik, oshkoralik, mustaqillik, erkin fikr, kollegiallik va yakkaboshchilikning uyg‘unligi, jamoa fikrini hisobga olish prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Kengash yig‘ilishlarida:
-kengash faoliyatini muvofiqlashtirishga oid tashkiliy ishlar;
-universitet Kengashi kun tartibidagi masalalar;
-turli masalalar ko‘riladi.
Bunda:
- ta’lim tizimining barcha sohalari uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv, metodik, ilmiy va boshqa faoliyatni samarali tashkil etish;
- shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy-axloqiy ehtiyojlarini pedagogik ta’lim olish orqali qondirish, davlat va jamiyatning oliy pedagogik ma’lumotli, malakali mutaxassislar va oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
- ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, fundamental va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
- universitetda normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari, yillik rejalar va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hay’ati qarorlari va buyruqlarining bajarilishi;
- ijro intizomini mustahkamlash, lavozim (xizmat) vazifalarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashda universitet rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish;
- pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy, tarbiya va ilmiy tadqiqot ishlariga oid tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlarining universitet zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan hisobotlarini eshitish;
- prorektorlar, universitet bo‘limlari, fakultetlari va kafedralari faoliyati tartibi vakolatlarini ko‘rib chiqish;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasiga professor, dotsent ilmiy unvoniga tavsiya qilish kabi masalalarni hal qiladi.
Kengash universitet vakolatiga taalluqli, uning hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan kollegial muhokama talab qilinadigan boshqa masalalarni ham ko‘rishga haqli.
Universitet Kengashi tomonidan oxirgi 2 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasiga professor va dosent ilmiy unvonlari olishga ariza bergan 40 dan ortiq talabgorning hujjatlari ko‘rib chiqildi va tavsiya berildi. Bugungi kunda OAK tomonidan ular dosent va professor ilmiy unvonlariga tasdiqlandi.
Universitet Kengashi yig‘ilishlarida 179 nafar mustaqil izlanuvchilar va erkin tadqiqotchilarning doktorlik dissertasiyasi (PhD), (DSc) mavzulari va ilmiy rahbarlari muhokama qilinib tasdiqlandi.
Kengash tarkibi
№ |
F.I.Sh. |
Lavozimi |
1 |
Xodjiyev Muksin Tadjiyevich |
Rektor, Kengash raisi |
2 |
Sharipov Fazliddin |
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor |
3 |
Kudratov Kozim |
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor |
4 |
Murodov Orif |
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor |
5 |
O‘rozboqov Abduvali |
Moliya va iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor |
6 |
Niyazov Faxriddin |
Filologiya fakulteti dekani |
7 |
Turdimetov Shaxobiddin |
Tabiiy fanlar fakulteti dekani |
8 |
Bobojonov Ahmadjon |
San’atshunoslik fakulteti dekani |
9 |
Maxmudov Sherali |
Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti dekani |
10 |
Turdiboyev Dilshod |
Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti dekani |
11 |
Eshmurodov Dilmurod |
Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti dekani |
12 |
Sultonov Shuxrat |
Sport faoliyati fakulteti dekani |
13 |
Taniberdiyev Akmal |
Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti dekani |
14 |
Shernazarov Farxod |
Tibbiyot fakulteti dekani |
15 |
Pozilov Abduvoit |
Biologiya kafedrasi professori |
16 |
Qarshiboyev Hazratqul |
Botanika va dorivor o‘simliklar kafedrasi professori |
17 |
Mahmudov Ravshan |
Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori |
18 |
Qo‘shiyev Habibjon |
Agrobiotexnologiyalar va biokimyo ilmiy tadqiqot instituti direktori |
19 |
Ablakulova Nodira |
Biologiya kafedrasi mudiri |
20 |
Kasimov Shodibek |
Kimyo kafedrasi mudiri |
21 |
Musurmanov Alisher |
Agrotuproqshunoslik va melioratsiya kafedrasi mudiri |
22 |
Botirova Laziza |
Dorivor o‘simliklar va botanika kafedrasi mudiri |
23 |
Qarshiboyeva Lola |
Ekologiya va geografiya kafedrasi mudiri |
24 |
To‘raqulov Mamaraim |
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari
kafedrasi mudiri |
25 |
Uzaydullayev Аkmal |
Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi mudiri |
26 |
Maksudov Ravshan |
To‘qimachilik va yengil sanoat kafedrasi mudiri |
27 |
Sattarov Karim |
Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti ilmiy tadqiqot markazi
direktori |
28 |
Berdiyev G‘ayrat |
Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi mudiri |
29 |
Sattorqulov Obidqul |
Iqtisodiyot kafedrasi mudiri |
30 |
Toshboyev Begzod |
Menejment kafedrasi mudiri |
31 |
Tursunmaxatov Qaxramon |
Fizika kafedrasi mudiri |
32 |
Gaibnazarov Olimjon |
Matematika kafedrasi mudiri |
33 |
Tishlikov Sulton |
Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri |
34 |
Ashirov Shamsiddin |
Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti ilmiy tadqiqot markazi
direktori |
35 |
Хo‘jakulov Boxodir |
An’anaviy xonandalik va xalq cholg‘ulari kafedrasi mudiri |
36 |
Berikboyev Alisher |
Amaliy san’at va dizayn kafedrasi mudiri |
37 |
Raximov Baxtiyor |
Boshlang‘ich ta’lim uslubiyati kafedrasi mudiri |
38 |
Toshtemirov Doniyor |
Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri |
39 |
Muxliboyev Maxmud |
Texnologik va maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri |
40 |
Kenjayev Shavkatjon |
Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri |
41 |
Mavlyanov Umid |
Tarix kafedrasi mudiri |
42 |
Uzoqov Akram |
Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri |
43 |
Pozilov Abdushohid |
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri |
44 |
Mamatqulov Muzaffar |
O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi
mudiri |
45 |
Axrorov Alisher |
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri |
46 |
Abdurazoqova Shohida |
Fakultetlararo chet tili kafedrasi mudiri |
47 |
Omonboyev Berdiyor |
Sport o‘yinlari, kurash nazariyasi va uslubiyati kafedrasi
mudiri |
48 |
Bairbekov Mamatqul |
Sport turlarini o‘qitish uslubiyati kafedrasi mudiri |
49 |
Abduraxmonov Qarshixon |
Tibbiy fundamental fanlar kafedrasi mudiri |
50 |
Muminov Ravshan |
Klinik fanlar kafedrasi mudiri |
51 |
Latipov Murodali |
Sirtqi bo‘lim boshlig‘i |
52 |
Islikov Sayid |
Masofaviy ta’lim kafedrasi mudiri |
53 |
Sulaymonov Amaliddin |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati
bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i |
54 |
Japaqov Norboy |
Marketing bo‘limi boshlig‘i |
55 |
Xudoyberdiyev Ikrom |
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i |
56 |
Matrasulov Bahodir |
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i |
57 |
Djurayev Mansur |
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘lim boshlig‘i |
58 |
Yusufaliyev Abdurahmon |
Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi |
59 |
Sultonova Nigora |
Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi |
60 |
Pardayev Munavvar |
“Universitet ovozi” gazetasi bosh muharriri |
61 |
Xakimjonov Boxodir |
Akademik litsey direktori |
62 |
Mingboyev Saxodin |
Guliston Agrotexnologiyalari texnikumi direktori v.b. |
63 |
Abduraxmonov Оbidjon |
Xodimlar bo‘limi boshlig‘i |
64 |
Xamzayev Boxodir |
Korruptsiyaga qarshi kurashish, “Kompleans nazorat” bo‘limi boshlig‘i |
65 |
Samadov Bobur |
Matbuot kotibi |
66 |
Burxiyev Olim |
RTTM boshlig‘i |
67 |
Norimova Guljahon |
Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i |
68 |
Xayitboyev Yorqinjon |
Yoshlar ittifoqi universitet yetakchisi |
69 |
Abdurasulov Shermuxammad |
Bo‘lim boshlig‘i, Kengash kotibi |
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
