Buvijonim kiygan liboslar

Guliston davlat universiteti madaniyat saroyida mavjud sakkiz fakultetning sakkiz nafar milliy urf-odatlar, milliy kiyimlarning bugungi yoshlar estetik didini o’stirishdagi ahamiyatini ko’rsatishga harakat qilingan tadbirni yig’ilganlar katta ishtiyoq bilan qarshiladilar.
“Buvijonim kiygan liboslar” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirni universitet professori Ravshanbek Mahmudov kirish so’zi bilan ochdi va kiyim ham husn ekanligini gapirib berdi.
Tadbirda sakkiz nafar milliy libosdagi talaba-qizlar beshta shart bo’yicha bellashdilar. “Tanishtiruv” taqdimoti “Men sevgan asardagi menga yoqqan ayol obrazi”, “Raqslar guldastasi”, “Buvijonim aytganlar” (qizlar tarbiyasida buvijonlarning roli haqida) shartlari bo’yicha o’z iqtidorlarini namoyish etdilar.
Bellashuvda Pedagogika fakulteti 2-bosqich talabasi Go’zal Mahmudova - birinchi, Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti talabasi Mashxura Zulhaydarova - ikkinchi, Filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Yulduz Hasanova - uchinchi o’rinni egalladilar. G’oliblar hamkor tashkilotlar tomonidan qimmatbaho sovg’alar va diplomlar bilan taqdirlandilar. Tadbir yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

R.Mahmudov,
Matbuot kotibi

125 | 2019-11-06 19:58
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish