Yangi O’zbekiston, yangi saylovlar

2019 yil 5 noyabr kuni universitetda O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo’limi tomonidan “Yangi O’zbekiston, yangi saylovlar” shiori ostida “Mening birinchi ovozim” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Guliston davlat universiteti Fizika - matematika hamda Tabiiy  fanlar fakulteti talabalari bilan tashkil etilgan tadbirda O`zLiDeP viloyat Kengashi xodimlari, partiya faollari, universitet professor-o’qituvchilari ishtirok etdi.
- Prezidentimizning 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasida Saylov bilan bog’liq qonun hujjatlari haligacha yaxlit bir holga keltirilmagani qayd etilib, xalqaro norma va standartlarga javob beradigan Yagona saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish zarurligi ta’kidlangan edi, - dedi partiya viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Dilshod To’raqulov. - Shundan so’ng mamlakatimiz tarixida ilk bor saylov bilan bog’liq barcha huquqiy norma va me’yorlarni o’z ichiga qamrab olgan yaxlit qonun hujjati – O’zbekiston Respublikasining Saylov Kodeksi ishlab chiqildi va qabul qilindi. Saylov kodeksi kuchga kirishi bilan avvalgi saylov qonunchilik hujjatlari o’z kuchini yo’qotdi. Amaldagi Saylov Kodeksi 18 bob, 103 moddadan iborat. Oddiy, sodda, ravon tilda yozilgan. Mazkur Kodeksga ko’ra, saylov printsipi - umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali ochiq va oshkora amalga oshiriladi.
Shuningdek, davra suhbatida so’z olgan partiya viloyat Kengashi xodimi Elyor Jo’raev va boshqalar “Yangi O’zbekiston, yangi saylovlar” shiori ostida o’tkaziladigan saylovlarda ochiq, shaffof va raqobat muhitining borligi bu yilgi saylovlarning alohida  xususiyati ekanligini ta’kidlashdi.
Yangiliklardan biri – saylovchilarning yagona elektron ro’yxati shakllantirildi va u kodeks bilan tartibga solindi. Bu yil viloyatda 516 ming 400 nafar saylovchi borligi aniqlandi. Saylovlar joylarda soat 8.00 dan kechki 20.00 ga qadar davom etadi. Bu ham xalqimizga yaratilgan yana bir qulayliklardan biri.
O`zLiDeP viloyat Kengashi xodimlari talaba yoshlarni partiya yangi dasturining bosh g’oyasi, saylovoldi dasturi bilan tanishtirdilar.
Davra suhbati ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

186 | 2019-11-06 20:02
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish