Yangi Ozbekistonni-yoshlar bilan birga quramiz!
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

Kasbiy (ijodiy) imtihonni onlayn kuzatish

QABUL 2020: Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi abiturientlar diqqatiga!
2020/2021 o’quv yili uchun Guliston davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha abiturientlarning imtihon joyi, kunlari va vaqtining jadvali va abiturientlar familiyasi, ismi, sharifi, guruh raqami to’g’risida ma’lumot. Abiturientlarga eslatma: Imtihonga ushbu jadvalda ko’rsatilgan kunda va vaqtda, belgilangan joyga, karantin qoidalariga rioya qilgan holda, abiturientning DTM qaydnomasi va pasport bilan etib kelish talab etiladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar sanasi va abiturientlarning guruhlar bo’yicha taqsimoti jadvallari (PDF formatda ko’chirib olish): Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (kunduzgi) Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (sirtqi) Rangtasvir (kun…
18993 | 2020-08-25 16:35 | Batafsil
Yangi Ozbekistonni-yoshlar bilan birga quramiz!

Joriy yilning 8 fevral kuni Guliston davlat universitetining Madaniyat saroyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zbekiston XDP fraktsiyasi tashabbusi bilan “Yangi O’zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” mavzusida yoshlar bilan ochiq bo’loqot o’tkazildi.
    Ochiq muloqotni universitet rektori M.Xodjiev olib bordi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o’rinbosari, O’zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi U.Inoyatov, O’zbekiston XDP Sirdaryo viloyat kengashi raisi X.Djalolov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi raisi E.Zaxidov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati a’zosi H.Ortiqovalar so’zga chiqishdi.
    So’zga chiqqanlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida yoshlar masalasiga oid eng muhim tashabbuslari mazmuni, O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining tub mohiyati, O’zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturidagi yoshlarga oid tashabbuslari va ularni amalga oshirish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
    Tadbir so’ngida bir guruh faol talaba-yoshlar partiyaning sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

1276 | 2020-02-10 08:46

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->