IJODKORLAR UNIVERSITETDA
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
IJODKORLAR UNIVERSITETDA

Guliston davlat universitetida “To’ra Sulaymon”, “Sayxun sabolari”, “Sirdaryo mavjlari”, “Sirdaryodagi ulug’vor o’zgarishlar” nomli kitoblarnining tag’dimotiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, professor Ravshanbek Mahmudov boshqarib bordi. Tadbirni universitet rektori M.Xodjiev kirish so’zi bilan ochdi. Tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o’rinbosari Saidg’ani Nasriddinov, uyushma rais o’rinbosari, shoir G’ayrat Majid “Sharq” nashriyoti bosh muharriri Ahror Ahmedov, “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharriri, shoir Salim Ashur “Hurriyat” gazetasi bosh muharriri, shoir Abdurasul Jumaqulov, uyushma ma’sul kotibi, shoir Muhiddin Abdusamad , “Yoshlik” jurnali bosh muharriri o’rinbosari, yozuvchi Nurilla Chori, Toshkent iqtisodiyot universiteti prorektori, shoir Anvar Mirzo, To’ra Sulaymonning qizi Yulduz Begimqulova, dotsent Qobil Ko’baevlar, filologiya fakultetining bir guruh ijodkor talabalari so’zga chiqdilar hamda o’z sherlaridan namunalar o’qidilar. Ijodkorlar universitetdagi “Qatag’on qurbonlari muzeyi” bilan tanishdilar. Tadbir nihoyatda qiziqarli va mazmunli o’tdi.

 

                                                                          R.Mahmudov

                                                                                     Matbuot kotibi

699 | 2020-02-21 17:03
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
DOKTORLIK DIPLOMI TOPShIRILDI

Guliston davlat universiteti kichik faollar zalida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Navbahor” qishlog’ida tug’ilgan Kamola Abrorxonovaga doktorlik diplomi topshirishga bag’ishlangan tantana bo’lib o’tdi. Tantanani Guliston davlat universiteti professori R.Mahmudov kirish so’zi bilan ochdi va boshqarib bordi. Kamola Abrorxonova Guliston shahridagi 2-pedagogika kollejida o’qigan Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi bo’yicha magistraturada va doktaranturada ta’lim olgan. 2020-yil 1-may erta tongda Sardoba suv ombori o’pirilishi natijasida yuzaga kelgan talofatda Kamola Abrorxonova oilasi ham katta talofat ko’rgan. Sardoba suv ombori talofatlarini bartaraf etish uchun muhtaram Prezidentimiz to’rt marta Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdilar.

2020 yil 15 may kuni Mirzaobod tumanida Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoevning jabrlangan aholi bilan bo’lgan suhbatida Kamola Abrorxonova
ham o’z fikr mulohazalari bilan qatnashdi.

3-bosqich
doktoranti Kamola Abrorxonova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini innovatsion yondashuv
asosida milliy ruhda tarbiyalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi
ilmiy tadqiqotini yakunlaganligini aytib o’tdi.

Diplom
topshirish marosimida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori
Alisher Umarov, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Oliy Attestatsiya
komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov, Guliston davlat universiteti rektori Muxsin
Xodjiev, Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti prorektori, ilmiy rahbari, pedagogika
fanlar doktori, professor Barno Abdullaeva, Sirdaryo viloyati hokimi o’rinbosari
Otabek Nosirov, biologiya fanlori doktori, professor Hazratqul Qarshiboev, O’zbekiston
jaxon tillari universiteti o’qituvchisi Ilyos Quvondiqovlar so’zga chiqdilar.

Oliy
Attestatsiya komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov doktorant Kamola Abrorxonovaga tantanali
ravishda fan doktorligi diplomini topshirdi. Tantana so’ngida so’zga chiqqan Kamola
Abrorxonova ilm fan rivojiga, yoshlarga katta g’amxo’rlik ko’rsatayotgan muhtaram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga, ilmiy rahbariga, Mirzaobod tumanidagi 17-maktab,
Guliston shahridagi 2-pedagogika kolleji jamoalariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Yigirma
sakkiz yoshli yangi fan doktoriga viloyat hokimligining qimmatbaho sovg’alari va
gullar taqdim qilindi. 

R.Mahmudov

Matbuot kotibi

561 | 2020-05-19 12:56
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->