DIQQAT TANLOV!

Hurmatli talabalar, Yoshlarda buzg’unchi g’oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida talabalar o’rtasida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidagi respublika tanlovi o’tkazilmoqda.

Tanlov uch bosqichda o’tkaziladi:

1-bosqich – akademik guruhlar talabalari o’rtasida mart oyining birinchi o’n kunligida;

2-bosqich – fakultetlararo ularning g’oliblari o’rtasida aprel oyining birinchi o’n kunligida;

3-bosqich (yakuniy) – oliy ta’lim muassasalari g’oliblari o’rtasida may oyining birinchi o’n kunligida o’tkaziladi.

Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichida yuqori (1, 2, 3) o’rinni egallagan talabalar universitetning maxsus diplom va qimmatbaho sovg’alari bilan, tanlovda faol ishtirok etgan talabalar universitetning faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi.

Tanlovning respublika bosqichida g’olib bo’lgan talabalar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining diplomlari va;

1-o’rin uchun 3 000 000 (uch million so’m);

2-o’rin uchun 2 000 000 (ikki million so’m);

3-o’rin uchun 1 000 000 (bir million so’m) miqdordagi pul mukofotlari bilan, respublika bosqichida yuqori ball to’plagan talabalar Oliy va o’rta maxsus ta’limvazirligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi.

Tanlovni shartlari va batafsil ma’lumot uchun “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo’limiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

245 | 2020-03-13 14:39
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Rektor virtual qabulxonasi
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish