DIQQAT TANLOV!

Hurmatli talaba-yoshlar!

 

Mamlakatimizda yoshlarning hayotiy qadriyatlar, ta’lim, ma’naviyat va ijtimoiy munosabatlarning boshqa sohalaridagi ishtiroklarini yanada oshirish, ularning ma’naviy qiyofasini yuksaltirish, talaba-yoshlarda tarixiy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish va mamlakatimizda ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg’ularini mustahkamlash hamda yoshlarni “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” g’oyasi atrofida birlashtirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o’rtasida                   “Step by step” mavzusida onlayn ko’rik-tanlovi o’tkazilmoqda.

Tanlovga oid batafsil ma’lumotlar va tanlov shartlarini universitetning rasmiy (guldu.uz) saytiga joylashtirilgan tanlov Nizomidan olishingiz mumkin.

Siz tanlov uchun tayyorlagan mediamateriallaringizni 2020 yil 20 apreldan 10 maygacha tanlovni o’tkazish bo’yicha Tashkiliy qo’mitaga (97-277-24-37, 94-911-33-22) raqamlariga yoki fakultetingiz Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari yordamida telegram orqali elektron shaklda yuborishingiz lozim.

Tanlovda har bir yo’nalish bo’yicha g’olib bo’lgan (1,2,3 o’rin) talabalar universitet ma’muriyati tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi hamda tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etishga yo’llanma beriladi.

Barcha talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chaqiramiz.

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Tanlov Nizomini yuklab olish

320 | 2020-04-15 11:30
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Rektor virtual qabulxonasi
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish