TANLOV!

Hurmatli talaba-yoshlar!

 

Guliston davlat universiteti talaba-yoshlari o’rtasida “Ma’rifatli yoshlar – yurt ko’zgusi” shiori ostida “Mening yurtim – mening faxrim” mavzusida tasviriy san’at nominatsiyasi bo’yicha onlayn ko’rik-tanlovi o’tkazilmoqda.

Tanlovga yurtimizning tarixiy shaharlari, obidalari, muqaddas qadamjoylari, go’zal va betakror tabiati, mustaqillik yillarida bunyod etilgan maskanlar jozibasini, shuningdek, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni yoritib beruvchi rangtasvir yoki qalamtasvir janridagi ijodiy ishlaringizni yuborishingiz mumkin.

Siz tanlov uchun tayyorlagan ijodiy ishlaringizni 2020 yilning 20 aprelidan                     1 mayigacha tanlovni o’tkazish bo’yicha Tashkiliy qo’mitaga (97-277-24-37, 94-911-33-22) raqamlariga yoki fakultetingiz Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari yordamida telegram orqali elektron shaklda yuborishingiz lozim.

Tanlovda har bir yo’nalish bo’yicha g’olib bo’lgan (1,2,3 o’rin) talabalar universitet ma’muriyati tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

Barcha talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chaqiramiz.

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

226 | 2020-04-15 15:11
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Rektor virtual qabulxonasi
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish