Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi Quddusbek Asadullayevning tengdoshlariga Murojaati!
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

Kasbiy (ijodiy) imtihonni onlayn kuzatish

QABUL 2020: Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi abiturientlar diqqatiga!
2020/2021 o’quv yili uchun Guliston davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha abiturientlarning imtihon joyi, kunlari va vaqtining jadvali va abiturientlar familiyasi, ismi, sharifi, guruh raqami to’g’risida ma’lumot. Abiturientlarga eslatma: Imtihonga ushbu jadvalda ko’rsatilgan kunda va vaqtda, belgilangan joyga, karantin qoidalariga rioya qilgan holda, abiturientning DTM qaydnomasi va pasport bilan etib kelish talab etiladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar sanasi va abiturientlarning guruhlar bo’yicha taqsimoti jadvallari (PDF formatda ko’chirib olish): Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (kunduzgi) Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (sirtqi) Rangtasvir (kun…
18799 | 2020-08-25 16:35 | Batafsil
Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi Quddusbek Asadullayevning tengdoshlariga Murojaati!

Aziz tengdoshim! Bugun pandemiya darajasiga ko’tarilgan koronavirus infektsiyasi kezib yurgan bir paytga senga Murojaat etyapman!

Bugun yurtimizning barcha joylarida karantin koidalariga amal qilinayotgan bir paytda men va sen kabi talaba-yoshlarning ta’til kunlarida ham bilim olishimiz uchun davlatimiz barcha sharoitni yaratib berdi. Muhtaram Prezidentimiz oxirgi bir nechta Murojaatlarida yoshlarga tayanishlarini, shunday sinovli kunlarda ham bir bo’lib, shifokorlar tavsiyasiga qat’iy rioya qilish lozimligini, biz yoshlar esa bilim olib, yurt koriga madadkor bo’ladigan kadrlar bo’lib etishishimiz lozimligini uqtirmoqdalar.

Hurmatli tengdoshim! Bugun universitetimizning masofaviy ta’lim platformalari va onlayn darslar kontenti orqali aziz ustozlarimiz tomonidan o’tilayotgan darslarda ishtirok etib, berilayotgan topshiriqlarni bajarish jarayonida ta’lim muassasamizning o’quv auditoriyalari qadrini yana bir bor his etmoqdamiz.

Qadrli tengdoshim, bugun sen va men tomonimizdan karantin qoidalariga rioya qilish har qachongidan ham muhim bir davrda barcha tengdoshlarimizni jipslashishlarini birgalikda da’vat qilaylik. Sababsiz ko’chaga chiqmaylik. O’zimizni va oilamizni virusdan himoya qilaylik. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan biz yoshlarning vaqtimizni mazmunli o’tkazish va ma’naviyatimizni yanada yuksaltirish uchun taklif qilgan besh muhim tashabbuslarini uy sharoitida amalga oshirib, barcha tengdoshlarimizga o’rnak bo’laylik.

          Biz buyuk ajdodlariga ega millatning baxtli avlodlarimiz. Ertangi kun, yurt kelajagi bizlarning hozirgi kunda amalga oshiradigan ishlarimiz, qabul qiladigan qarorlarimizga bog’liq. Shunday ekan, aziz tengdoshim, qalban birga bo’lib, karantin qoiadalariga qat’iy amal qilib, bilim olib jonajon diyorimizning haqiqiy egalari sifatida o’zimizni ko’rsataylik! Barcha tengdoshlarimizga ibrat bo’laylik!

          Ishonaman, biz bir yoqadan bosh chiqarib koronavirusni birgalikda albatta yengamiz!

Quddusbek Asadullayev

Guliston davlat universiteti

Filologiya fakulteti talabasi

1332 | 2020-04-16 10:43

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->