Ikkinchi jaxon urushida qozonilgan g’alabaning 75 yilligi munosabati bilan Guliston davlat universiteti rektorining T A B R I G I

Hurmatli yurtdoshlar!

Bugungi tahlikali, og’ir, sinovli kunlarda hamjixat, hamfikr, hammaslak bo’lib, Muhtaram Prezidentimizning da’vatlariga amal qilib, uyda qolib ishlayotganlar uchun ham fidokorlik ko’rsatayotgan Vatandoshlar!

Biz urush ko’rgan, uning og’ir sinovli kunlarini boshidan o’tkazgan xalqmiz. “Wikipedia” erkin entsiklopediya kitobida yozilishicha Ikkinchi jaxon urushida 53 ta davlat qatnashgan. Urushda 127.953.371 nafar jangchi ishtirok etgan. Shundan 25.542.785 nafar jangchilar Ikkinchi jaxon urushida halok bo’lishgan.

Ikkinchi jaxon urushi boshlangan 1941 yilda O’zbekistonda 6 million aholi istiqomat qilgan. Bir yarim million kishi urushga yuborilgan. Shundan 500 ming nafar vatandoshlarimiz jang maydonlaridan omon chiqishmagan, xalok bo’lishgan. Urush maydonlarida ota-onasidan judo bo’lgan 3-15 yoshdagi 400 ming nafarga yaqin bolalar O’zbekistonga olib kelingan. Turli milllatlardan bo’lgan bu bolalarni xalqimiz o’zi emay egizgan, o’zi kiymay kiydirgan va tarbiyalagan. Xalqimiz mana shunday bag’ri keng mehrparvar va vatanparvardir.

Muhtaram Prezidentimiz koronavirusga qarshi kurashni jang maydoniga qiyos qildilar. Biz sabr-qanoatli, aql-zakovatli, irodali, farosatli, vazifalarni, topshiriqlarni o’z vaqtida mas’uliyat bilan bajaradigan xalqmiz. Yaqin kunlarda bu sinovli kunlar ham tarixga aylanadi.

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizga ma’lumki, o’zbek xalqi frontda va front orti ishlarida ham faol ishtirok etib, ushbu g’alabaga ulkan hissa qo’shgan. Mehnatga yaroqli o’g’lonlarini frontga kuzatgan mehnatsevar xalqimiz dala ishlarini, turli sanoat ishlarini qariyalar,  ayollar va voyaga etmaganlar mehnati hisobiga amalga oshirishgan.

Frontda ham xalqimiz mardonavor jang qilib, g’alabaga munosib hissasini qo’shgan. Biz urush natijasiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan urush qahramonlarimizni bugun iftixor bilan tilga olsakda, ularning oilasi uchun, yaqinlari uchun og’ir judolikni ko’tarib yurish naqadar og’ir kechganligini unutmasligimiz, bu g’alabaning qadriga etishimiz lozim.

Muhtaram vatandoshlar!

O’zbek xalqi shunday jangovar, mard va vatanparvar xalq. Bizning boy tariximizda o’z vatani uchun jon fido qilgan qahramonlar juda ham ko’p. Biz yosh avlodlarni tarbiyalashda ular ko’rsatgan jasoratlarni har qancha namuna qilsak arziydi. Universitet rahbariyati ham har yili 9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush faxriylariga hurmat va ehtirom ko’rsatib, mustaqil diyorimiz erkinligi uchun jonini fido qilgan farzandlari oilalaridan xabar olish kabi yaxshi bir qadriyatni yo’lgan qo’ygan. Zero, diyorimiz tinchligi va osmonimiz musaffoligi shu azizlar joni evaziga erishilganligini unutmasligimiz darkor.

Hurmatli urush faxriylari, aziz hamyurtlar! Barchangizni Ikkinchi jaxon urushida qozonilgan g’alabaning 75 yilligi bayrami bilan samimiy tabriklayman. Sog’lik-salomatlik, baxt-saodat tilayman.

Hurmat bilan, Guliston davlat universiteti jamoasi nomidan rektor M.T.Xodjiyev.

339 | 2020-05-08 16:04
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Rektor virtual qabulxonasi
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish